So’nggi yangiliklar

22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   0 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  0 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  1 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  3 21:04"Манчестер Юнайтед" футболчиси фаолиятини "Вест Бромвич"да давом эттириши мумкин  0 20:39Ўзбекистон терма жамоаси афсоналари Россия фахрийлари билан дуранг ўйнади  10 20:25"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди   1 19:56"Барселона" Майамида ташкил этиладиган "Вильярреал"га қарши ўйин ортидан 5 млн евро ишлаб олади  0 19:25"Манчестер Юнайтед"нинг Лига кубоги 2-босқичидаги рақиби аниқланди  2 18:58"Манчестер Сити"нинг янги футболчиси 10-рақамли либосни олади  0 18:30"Одил Аҳмедов ФА" U-16 "Реал", "Динамо" Тбилиси ва "Црвена Звезда" билан ўйнайди   2 18:12"Атлетико" "Ал Насср" аъзосига даъвогар  0 17:44"Реал" собиқ футболчиси Туркия клуби билан музокаралар олиб бормоқда  0 17:15"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаев учун ЦСКАга пул ўтказолмаяпти  18 16:52"Бухоро" "Хоразм" билан муроса кўчасини танлаган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0

O'zbekiston U-23 terma jamoasi bugundan yig'inni boshladi Yangiliklar

O'zbekiston U-23 terma jamoasi bugundan yig'inni boshladi

Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi bugun 19 dekabr kuni Toshkent shahrida o'quv-mashg'ulotlar yig'iniga kirishdi.

Yig'in davomida futbolchilar Toshkentdagi "Miran" mehmonxonasida istiqomat qilishadi. Mashg'ulotlar Qibraydagi sport bazasida o'tkaziladi. Maydondagi mashg'ulotlardan tashqari, futbolchilar trenajyor zallarida ham shug'ullanishadi.
O'zbekiston U-23 terma jamoasi 30 dekabrga qadar yig'in o'tkazadi. Yig'in davomida Qarshida “Nasaf”klubi bilan nazorat uchrashuvi o'tkazish rejalashtirilgan.

Bosh murabbiy yig'inga jami 24 nafar futbolchini taklif qildi. Quyida ular bilan tanishish mumkin.

Darvozabonlar: Dilshod Hamroev (“Navbahor”), Botirali Ergashev (“Paxtakor”), Rahimjon Davronov (“Mashal”);

Himoyachilar: Rustam Ashurmatov (“Bunyodkor”), Doston Tursunov (“Neftchi”), Islomjon Qobilov (“Bunyodkor”), Husniddin G'ofurov (“Neftchi”), Abbosjon Otaxonov (“Navbahor”), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”), Akrom Komilov ("Bunyodkor"), Oybek Rustamov (“Qo'qon-1912”);

Yarim himoyachilar: Doston Hamdamov (“Bunyodkor”), Odil Hamrobekov (“Nasaf”), Azizjon G'aniev (“Nasaf”), Javohir Siddiqov (“Qo'qon-192”), Jasurbek Yaxshiboev (“Paxtakor”), Doniyor Narzullaev (“Nasaf”), Suhrob Nurulloev (“Paxtakor”), Otabek SHukurov (“Bunyodkor”), Abdujamol Isroilov (“Neftchi”);

Hujumchilar: Azizbek Amanov (“Lokomotiv”), Zabihillo O'rinboev (“Paxtakor”), Bobir Abdixoliqov (“Nasaf”), Andrey Sidorov (“Qo'qon-1912”).


Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-23 termasi 2018 yilning yanvar oyida Xitoyda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatida ishtirok etadi. Qura natijasiga ko'ra, vakillarimiz “A” guruhidan joy olgan bo'lib, guruh bosqichida Xitoy, Qatar va Ummon terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика