O'zbekiston U-23 – Misr U-23 bahsida xatoga yo'l qo'ygan laynsmen O'zbekiston Kubogi yarim finalida ishlamaydigan bo'ldi
17 okt 2023 13:08
Yangiliklar
O'zbekiston U-23 – Misr U-23 bahsida xatoga yo'l qo'ygan laynsmen O'zbekiston Kubogi yarim finalida ishlamaydigan bo'ldi
"Joriy yilning 19 oktyabr kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilgan OKMK – "Navbahor" bahsiga tayinlangan yordamchi hakam Ruslan Serazitdinov kecha, 16 oktyabr kuni bo'lib o'tgan O'zbekiston U-23 – Misr U-23 bahsida qilgan xatosi tufayli, yarim final bahsida ishlamaydigan bo'ldi. Uning o'rnini uchrashuv AVAR hakami sifatida tayinlangan Rishat Nugmanov egallaydi. AVAR hakami vazifasini esa boshqa bir FIFA referisi Andrey Capenko bajarishi ko'zda tutilgan", – deyiladi rasmiy xabarda.
Malumot o'rnida, kecha hakamlar brigadasi tomonidan Hojimat Erkinovning haqqoniy goli ofsayd qayd etilgan holda hisobga olinmagan va boshqa ko'plab xatoliklar kuzatilgan edi.
Eslatib o'tamiz, OKMK – "Navbahor" uchrashuvi 19 oktyabr kuni 18:00 da start oladi.
Fikrlar