So’nggi yangiliklar

22:15МЮ нархи 60 млн. фунт бўлган ҳужумчини сотиб олиши мумкин  0 22:00Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Сурхон"га енгилди  55 20:33"Реал" сардори жароҳатидан қутилди ва майдонга қайтишга тайёр  1 19:50"Реал" трансфер мақсадларининг биридан воз кечди  3 19:21"Ювентус" юлдуз ҳужумчиси учун бор-йўғи 20 млн сўрамоқда  5 18:44"Реал" Клублар ўртасидаги ЖЧдан кейин яна бир ҳимоячи билан шартнома имзолайди  3 18:18Лопетегининг сўровига биноан Ал Хайдос Қатар терма жамоасига чақирилди  7 17:45"Навбаҳор" футболчиси Беларусга йўл олмоқда  15 17:23Ўзбекистон Кубоги 1/8 финал босқичи ўйинларида ишловчи расмийлар билан танишинг  2 17:02"Динамо" ҳамда "Нефтчи" ўртасидаги қолдирилган баҳсга ҳакамлар тайинланди  4 16:41Қозоғистон футбол федерацияси президенти Ўзбекистон билан ўйин ҳақида баёнот берди  18 16:18Игорь Шквирин Европа клубига ўтиши нега барбод бўлганини айтиб берди  16 16:11"Бунёдкор" "Сўғдиёна"ни ранжитган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:38"Рома" "Борнмут" аъзосини харид қилмоқчи  0 15:12GiveMeSport дунёнинг энг яхши футболчилари рейтингини эълон қилди  5

O'zbekiston U-23 bilan saralashga Kapadze boradi. SHu sabab Pro ligada kichik o'zgarish Yangiliklar

O'zbekiston U-23 bilan saralashga Kapadze boradi. SHu sabab Pro ligada kichik o'zgarish

U-23 Osiyo chempionatiga kelasi yil O'zbekiston mezbonlik qiladi.

SHunga qaramay, vakillarimiz baribir Kuvaytdagi saralash turnirida ishtirok etadi. Natija qanday bo'lishidan qatiy nazar, jamoamiz musobaqaning final bosqichida o'ynaydi.

O'zPFL musobaqalar taqvimini ishlab chiqqan bir vaqtda Osiyo chempionati U-23 saralashiga hali qura tashlanmagan, shuningdek, O'FA musobaqada qaysi jamoa ishtirok etishi masalasiga to'la oydinlik kiritmagandi. Endilikda malumki, “Olimpik” ustozi Temur Kapadze murabbiy sifatida U-23 Osiyo chempionati saralashida o'ynash uchun Kuvaytga boradi.

Ayni shu vaqtda Pro liga o'zining eng qiziqarli pallasiga kirgan bo'ladi. Yani, Superliga uchun kurash olib borayotgan jamoalarda bu hal qiluvchi palla. Yo'llanma uchun “Olimpik” jamoasida ham imkoniyat bor ekanidan kelib chiqilsa, demak bir xillikni saqlash uchun Kapadze va jamoa Kuvaytga yo'l olgan bir vaqtda, qolgan jamoalar ham tanaffusga chiqishiga to'g'ri keladi.

SHundan kelib chiqib, O'zPFL avvalgi reja bo'yicha 12 sentyabr kuni Pro liga I bosqichining so'nggi turini o'tkazadi va aytilganidek, 13 sentyabr kuni II bosqichga qura tashlab beriladi. Kapadze boshqaruvidagi terma jamoa 25-31 oktyabr kunlari Kuvaytda rasmiy o'yinlar o'tkazadi. Unga qadar va shundan keyin bo'lgan turlar O'zPFL taqvim rejasida ko'rsatib o'tilgan.

Bunda yana ikki jihatga ahamiyat berish kerak. Malumki, “Olimpik” O'zbekiston Coca-cola kubogining ¼ final bosqichida “Paxtakor” bilan o'ynashi kerak. Mazkur o'yinlar avvaldan 28-29 oktyabr sanalariga tayin qilingandi. Ammo vaziyat bunda ham sanalarni o'zgartirishni taqazo qiladi. SHundan kelib chiqib, Coca-cola Superliga 23-turidan o'rin olgan “So'g'diyona” — “Paxtakor” o'yini 24 oktyabrga, kubok doirasidagi “Olimpik” — “Paxtakor” o'yini esa 20 oktyabrga ko'chirildi.

Ikkinchi tarafdan, Kapadze jamoasida katta ehtimol bilan “SHo'rtan”, “Xorazm”, “Aral samali”, “Yangier” klublaridan futbolchilar bo'lmaydi. Buni inobatga olib, Pro ligadagi quyi to'rt o'rin jamoalari ishtirokidagi uchrashuvlar noyabr oyigacha yakunlanadi. O'zPFL taqvim rejasi bilan shu havola yordamida tanishish mumkin.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика