O'zbekiston U-22 terma jamoasi Xitoydagi yig'inini yakunladi
25 iyu 2014 12:38
Yangiliklar
O'zbekiston U-22 terma jamoasi Xitoydagi yig'inini yakunladi
SHuhrat Maqsudov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-22 yoshlar terma jamoasi Xitoyning SHanxay shahrida tashkillashtirilgan o'quv-mashg'ulot yig'inini yakunladi.
Xitoyning SHanxay shahrida navbatdagi yig'inini o'tkazgan O'zbekiston U-22 yoshlar terma jamoasi rejaga muvofiq Xitoy U-22 yoshlar terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Dastlab, 21 iyun kunii o'tkazilgan uchrashuvda Maqsudov shogirdlari 2:0 hisobida g'alaba qozongan bo'lsalar, 24 iyun kuni bo'lib o'tgan ikkinchi uchrashuvda hisob ochilmagan - 0:0.
Eslatib o'tamiz, terma jamoa bosh murabbiyi SHuhrat Maqsudov Xitoydagi yig'in davomida jami 23 nafar futbolchini sinovdan o'tkazgan. Terma jamoa azolari 25 iyun kuni Xitoydagi yig'inini yakunlab, 26 iyun kuni tongda Seul orqali Toshkentga qaytib kelishadi.
Malumot o'rnida, O'zbekiston U-22 yoshlar terma jamoasi kelasi yilning mart oyida o'tkazilishi rejalashtirilgan U-22 yoshlar o'rtasidagi Osiyo CHempionati saralash bahslarida ishtirok etadi. Ayni damda, saralash o'yinlari sanasi va mezboni OFK tomonidan tasdiqlanmagan.

Fikrlar