O'zbekiston U-21 terma jamoasi Xitoydagi xalqaro musobaqada qatnashadi
26 avg 2018 19:01
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/450459_original.jpg)
![](/upload/storage/450459_220.jpg)
O'zbekiston U-21 terma jamoasi Xitoydagi xalqaro musobaqada qatnashadi
O'zbekiston futbol associaciyasi turli yoshdagi terma jamoalarga bo'lajak musobaqalarga tayyorgarlik ko'rish uchun shart-sharoitlarni yaratib bermoqda.
Jumladan, Sunnatilla Abdurasulov boshchiligidagi O'zbekiston U-21 terma jamoasi 25 avgustdan 31 avgust kuniga qadar “CHig'atoy” sport bazasida tashkil qilinayotgan yig'inda ishtirok etadi. Yig'in davomida U-21 terma jamoasiga nomzod futbolchilar saralab olinadi. Yig'in nihoyasiga etgach terma jamoa azolari 1 sentyabr kuni Xitoyga jo'nab ketadi.
Xitoyning Kunmin shahrida futbolchilarimiz Myanma, Tojikiston va Xitoy U-21 terma jamoalari bilan xalqaro musobaqada kuch sinashadi. Ushbu xalqaro musobaqa terma jamoamiz vakillari uchun navbatdagi Osiyo chempionatining saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o'taydi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar