So’nggi yangiliklar

17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  0 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  1 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  0 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  1 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  3 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  11 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1

O'zbekiston U-21 terma jamoasi – xalqaro musobaqa chempioni! Yangiliklar

O'zbekiston U-21 terma jamoasi – xalqaro musobaqa chempioni!

Xitoyda o'tkazilgan xalqaro futbol musobaqasida ishtirok etayotgan Jamshid Saidov boshchiligidagi O'zbekiston U-21 terma jamoasi bugun so'nggi o'yinini Xitoyga qarshi o'tkazdi.

Bugunga qadar vakillarimiz musobaqa doirasida Tojikiston U-21 hamda Myanma U-21 terma jamoalarini mag'lub etishgan edi.

Bugungi o'yinda mezbonlar Xitoy U-21 terma jamoasiga qarshi saf tortgan o'zbek o'g'lonlari murosasiz kechgan bahsda 1-1 hisobidagi jangovar durangga imzo chekishdi. Uchrashuvdagi o'zbekistonliklarning goliga SHerzod Nasrullaev mualliflik qildi.

Umumiy hisobda 7 ochko to'plagan yurtdoshlarimiz musobaqa chempioni unvoniga sazovor bo'lishdi. 2-o'rin Xitoyga nasib qilgan bo'lsa, 3 va 4-o'rinlarni Tojikiston va Myanma terma jamoalari o'zaro bo'lib olishdi.


Xitoy darvozasiga SHerzod Nasrullaev tomonidan kiritilgan gol turnirdagi eng chiroyli gol deb topildi va unga tashkilotchilar tomonidan maxsus sovrin topshirildi.


O'yindan so'ng kiyim almashtirish xonasi futbolchilarimiz tomonidan tozalanib, musobaqa tashkilotchilari va Xitoy xalqiga  "O'zbekiston nomidan raxmat" deb yozilgan minnatdorchilik xati qoldirildi.

Reyting: +60   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика