So’nggi yangiliklar

13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  1 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  0 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  3 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  1 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  5 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  6 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  7 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  5 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  13 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  3 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  10

O'zbekiston U-20 termasi darvozaboni penaltiga olib kelishi mumkin bo'lgan bahsli vaziyat, Indoneziya va Eronga qarshi bo'lajak uchrashuvlar haqida gapirdi Yangiliklar

O'zbekiston U-20 termasi darvozaboni penaltiga olib kelishi mumkin bo'lgan bahsli vaziyat, Indoneziya va Eronga qarshi bo'lajak uchrashuvlar haqida gapirdi

U-20 Osiyo Kubogi 1-turi doirasidagi Yaman bilan bellashuvdan so'n (1:0) O'zbekiston terma jamoasi posboni Muhammadyusuf Sobirov Championat.asia saytiga intervyu berib, bir qator savollarga javob berdi.

– Muhammadyusuf, avvalo, turnirni g'alaba bilan boshlaganingiz bilan siz va boshqa yigitlarni muborakbod etaman. Kechagi o'yinda jamoa hammasini yaxshi boshladi, ammo g'alabani ushlab qolish ilinjida 2-taymda biroz qiyinchilikka duch keldi. Ko'pchilik, shu jumladan, muxlislar uchrashuvning ikkinchi qismini katta xavotir bilan kuzatdi. Terma jamoamizning birinchi va ikkinchi taymdagi o'yini tubdan farq qilishiga nima sabab bo'ldi?

– Musobaqaning ilk o'yinlari har doim qiyin bo'ladi va bosim beradi. Biz buni tushinib turgandik. Raqib ham o'ziga yarasha kuchli, yaxshi o'yin namoyish etdi. O'ylaymanki, o'yindan o'yinga o'z o'yinimizni yaxshilab bora olamiz. Keyingi uchrashuvlarda yanada ishonchli o'yin ko'rsatib, ijobiy natijalarni qayd etishga harakat qilamiz.

- Penaltiga olib kelishi mumkin bo'lgan bahsli vaziyat ko'plab muhokamalarga sabab bo'lmoqda. Kimdir penalti bor desa, kimdir yo'q deyapti. Uchrashuvda bevosita ishtirok etgan darvozabon sifatida ushbu vaziyat bo'yicha nima deya olasiz? 

– Hakam qarorini muhokama qila olmayman. Bu vaziyatda nimadir deyish qiyin. Hakam vaziyaga juda ham yaqin edi va kuzatib turgandi.

– O'zbekistonning keyingi turdagi raqibi Indoneziya Eronga yirik hisobda yutqazganiga qaramay, Yamandan kuchliroq ko'rindi... Ularning o'yini o'rganib chiqilyaptimi? Murabbiylar va shaxsan o'zingiz Indoneziya bo'yicha qanday fikrdasiz? 

– Keyingi turda Indoneziyaga qarshi maydonga tushamiz. Oson o'yin bo'lmadi, o'zi umuman, buyog'iga oson o'yin yo'q. Menimcha, qolgan hamma o'yinlarni finalga tenglashtirsak bo'ladi. Ularga ham tayyorgarlikni davom ettiryapmiz.

– Qaysi yosh toifasi bo'lishidan qati nazar O'zbekiston va Eron o'rtasidagi qarama-qarshilik har qachongidan jiddiy tus olgan. 3-turda O'zbekistondan jang kutamizmi?

– Eron bilan o'yinda ham faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz. Niyatimiz – guruhdan birinchi o'rin bilan chiqish va Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish. Raqib kim bo'lishining farqi yo'q, bor imkoniyatimizni ishga solib, asosiy maqsadimiz yo'lida harakatda davom etamiz.


Sherzod Nurmatov suhbatlashdi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика