O'zbekiston U-19 termasi ikkinchi o'yinda Armanistonga mag'lub bo'ldi
10 avg 2017 10:08
Yangiliklar
O'zbekiston U-19 termasi ikkinchi o'yinda Armanistonga mag'lub bo'ldi
Dastlabki o'yinda 1:0 hisobida g'alaba qozongan Aleksandr Mochinov shogirdlari ikkinchi uchrashuvda 1:4 hisobida mag'lubiyatga uchradi. O'zbekiston yoshlar termasi safida yagona golga Dilshod Saidov mualliflik qildi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston yoshlar termasi U-19 Osiyo chempionatiga saralash bosqichining “B” guruhidan joy olgan. Ushbu guruhning saralash o'yinlari shu yilning 31 oktyabr – 8 noyabr kunlari Tojikistonda bo'lib o'tadi.
O'rtoqlik uchrashuvi
Erevan, Armaniston
9 avgust, dushanba
Armaniston U-19 – O'zbekiston U-19 - 4:1
Gollar: Armen Xovxannisyan (26, 59, 61), Ovannes Arutyunyan (40, penalti) – Dilshod Saidov (51, penalti)
O'zbekiston U-19: Umidjon Ergashev, Abubakir Mo'ydinov, Suhrob Izzatov, Dilshod Saidov, Ibrohim Yo'ldoshev, Javohir Qilichev, Rasul Yo'ldoshev, Kamron Saidazimov, Islom Kenjaboev, Jahongir Abdusalomov, SHahboz Umarov.
Zaxira: Bobur Asqarov,Nodir Kuybokov, Ayubxon Azimov, Abbos Jumaqulov, Sanjar Zokirov, Akmal Mozgovoy.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Суперлига. "Нефтчи" захирадан тушганларнинг самарали ҳаракатлари эвазига "Локомотив"дан устун келди
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
Суперлига. Икки гол бекор қилинган ва уч пенальти белгиланган ўйинда "Пахтакор" "Сўғдиёна"ни мағлуб этди
Fikrlar