O'zbekiston U-19 terma jamoasi Tailanddagi musobaqani mag'lubiyat bilan boshladi
10 okt 2019 23:00
Yangiliklar
O'zbekiston U-19 terma jamoasi Tailanddagi musobaqani mag'lubiyat bilan boshladi
Mazkur musobaqada, shuningdek, Janubiy Koreya, Tailand va Vetnam yoshlar terma jamoalari g'oliblik uchun bahs olib borishmoqda. Musobaqa 2 ta o'yin kunidan iborat bo'lib, yarim finalda g'olib chiqqan jamoalar chempionlik uchun, yarim finalda mag'lub bo'lganlar esa 3-o'rin uchun o'yinda maydonga tushishadi.
Bugun O'zbekiston U-19 terma jamoamiz Janubiy Koreya U-19 termasi bilan bahs yuritdi va 1:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Uchrashuvda vakillarimiz safida Jasur Jaloliddinov raqib darvozasini bir marta ishg'ol etishga muvaffaq bo'ldi.
10 oktyabr | Yarim final
Janubiy Koreya U19 – O'zbekiston U19 5:1
O'zbekiston U19: Asadullaxon Polvonov, Saidazamat Mirsaidov, Odilbek Abdumajidov, Ibrohimhalil Yuldoshev, Xojimat Erkinov, Ibrohim Ibragimov, Jasurbek Jaloliddinov, Sunnatilloxon Hamidjonov, Ruslan Roziev, Ulug'bek Xoshimov, Diyorbek Rahimqulov.
Fikrlar