So’nggi yangiliklar

17:07Стив Брюс Ямайка терма жамоасида иш бошлаши мумкин  0 16:50Париж-2024. Ўзбекистон - Доминикан Республикаси: Асосий таркибимиз маълум  24 16:17Ҳусниддин Алиқулов ва Остон Ўрунов бугунги ўйинни ўтказиб юборади  21 15:54Фабрицио Романо: "Атлетико" Конор Галлахер трансферига яқин  2 15:23"Челси" Лукакуни Осимхенга алишмоқчи  1 14:58"Арсенал" Саненинг атрофидаги вазиятни кузатмоқда  1 14:09Эшитдик-да! "Бунёдкор" бугун "Олимпик" ўйинчиси билан шартнома тузади  2 13:39"Пахтакор" стадионига таъмир керак. У Суперлигани қабул қила олмайди  30 13:10Энцо Фернандес АҚШда "Челси" сафига бориб қўшилди  1 12:52Ўзбекистонлик спортчиларнинг Париж Олимпиадасидаги иштирокидан ОНЛАЙН  3 12:31ЦСКА ҳужумчиси Греция клуби билан шартнома имзолайди   2 12:05Шерзод Файзиев қаерда?   8 11:50"Краснодар" бразилиялик футболчиси билан янги шартнома имзолади   1 11:29Леон Горецкага "Атлетико Мадрид" ва "Наполи" қизиқиш билдирмоқда  1 10:33«Олимпик» 7 нафар футболчи билан шартнома тузди  7

O'zbekiston U-19 terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvida Qatarni mag'lub etdi Yangiliklar

O'zbekiston U-19 terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvida Qatarni mag'lub etdi

O'zbekiston U-19 yoshlar termasi Qatar poytaxti Doxa shahrida o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvida Qatar yoshlar terma jamoasini 4:2 hisobida mag'lub etdi.

Ayni kunlarda Osiyo chempionati saralash bahslariga tayyorgarlik ko'rish uchun Qatarda o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazayotgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bugun mezbon – Qatar U-19 terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Gollarga boy uchrashuvda Aleksandr Mochinov bosh murabbiyligidagi terma jamoa 4:2 hisobida g'alaba qozondi. Terma jamoa bosh murabbiyi ushbu o'rtoqlik uchrashuvi orqali, Tojikistonda bo'lib o'tadigan Osiyo CHempionati saralash bahslari oldidan terma jamoaga chaqirilgan futbolchilarni yana bir bor sinovdan o'tkazdi.

Malumot uchun, shu yilning 30 oktyabr – 8 noyabr kunlari U-19 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi o'yinlari o'tkaziladi. “B” guruhidan o'rin olgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi OCH yo'llanmasi uchun mezbon Tojikiston, SHri-Lanka, Bangladesh va Maldiv orollariga qarshi maydonga tushadi.

O'rtoqlik uchrashuvi.

Doxa, Qatar.

Qatar U-19 – O'zbekiston U-19 – 2:4

Gollar:
S. Izzatov (20), N. Kuybokov (54), I. Kenjaboev (80), S. Zokirov (90+6)

O'zbekiston U-19: Umid Ergashev, Jasur Rahimov, Dilshod Saidov, Suhrob Izzatov, Rasul Yo'ldoshev, Islom Kenjaboev, Ibrohim Yo'ldoshev, Jahongir Abdusalomov, Sanjar Zokirov, Abubakir Muydinov, Hasan Yo'ldoshev


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика