O'zbekiston U-19 Saudiya Arabistoni bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
22 apr 2016 12:44
Yangiliklar
O'zbekiston U-19 Saudiya Arabistoni bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
SHu yilning 13 - 30 oktyabr sanalarida bo'lib o'tadigan 19 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi aprel oyi yakunida yana bir yig'in o'tkazadi.
Jasur Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston U-19 terma jamoasi navbatdagi yig'inini Saudiya Arabistonida o'tkazadi. O'quv-mashg'ulot yig'inlari doirasida Saudiya Arabistoni yoshlar terma jamoasiga qarshi ikki bor o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish rejalashtirilgan.
Saudiya Arakbistoni U-19 – O'zbekiston U-19 dastlabki uchrashuvi 28 aprel kuni o'tkazilsa, ikkinchi uchrashuv 30 aprel sanasiga mo'ljallangan. Har ikki uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:45da boshlanadi.
Ushbu o'rtoqlik uchrashuvlari Saudiya Arabiston qirolligining Al-Xobar shahrida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar