So’nggi yangiliklar

14:14Месси – FourFourTwo талқинида тарихдаги энг яхши футболчи, Роналду 4-ўринда  0 12:35Руни "Манчестер Сити" – "Реал" ўйинида эксперт сифатида ишлайди  5 12:07Ўзбекистон – Қирғиз Республикаси учрашувининг вақти ўзгарди  12 11:39Ривалдо: "Ямаль – "Барселона" учун ҳақиқий хазина"  8 11:05Расман: Серхио Рамос Мексика клубига ўтди  7 10:45Жаҳонгир Абдумўминов Вьетнамдаги 4 йиллик фаолиятидан сўнг Ўзбекистонга қайтди  0 10:13Алтин Крезиу: "Андижон"да янги синовларга тайёрман"  1 09:42"ФарДУ" Про-лига янги мавсумига тайёргарликни Тошкентда давом эттиради  0 09:10Нима учун водий клубларида муаммолар бўлаверади? "Нефтчи"нинг трансфер тақиқи ва бошқа мавзулар — Камолиддин Мурзоев билан интервью  1 08:4538 ёшли Рамос янги жамоасида қайси рақамда ўйнайди?  2 08:15Расман: "Бунёдкор" хорватиялик ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 07:31Дилшод Жўраев: "Хоразм"нинг Суперлигада ўйнашига охиригача ишонгандик"  2 03:20Испания Кубоги. "Барселона" чорак финалда қийинчилик кўрмади, Торрес собиқ жамоасини аямади  66 02:57"Ливерпуль" катта қийинчиликсиз Англия Лига Кубоги финалига йўл олди  9 02:32А Серия. "Интер" қолдирилган ўйинда йирик ҳисобда ютқазди  4

O'zbekiston U-19 o'rtoqlik o'yinida Belarus yoshlar terma jamoasini mag'lub etishdi Yangiliklar

O'zbekiston U-19 o'rtoqlik o'yinida Belarus yoshlar terma jamoasini mag'lub etishdi

Ayni damda Belarusning Minsk shahrida o'zining navbatdagi yig'inini o'tkazayotgan O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi 1998 yil va undan keyin tug'ilgan futbolchilardan iborat Belarus yoshlar terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Minsk yaqinidagi Molodcheno shahrida bo'lib o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida Jasur Abduraimov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi raqibini yirik – 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Takidlash lozim, mazkur uchrashuvda Belarus terma jamoasi 18 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan iborat tarkibni maydonga tushirdi. O'yin boshidan to'liq ustunlikka erishgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 9-daqiqadayoq Aziz G'anievning uzoq masofadan kiritgan golidan so'ng hisobni ochishdi.

Uchrashuvning ikkinchi bo'limi 49-daqiqasida Sanjar Qodirqulov hamda 89-daqiqasida Saidjamol Davlatjonov tomonidan kiritilgan gollar O'zbekiston yoshlar terma jamoasiga yirik g'alabani taqdim etdi – 3:0.

Mazkur terma jamoalar o'rtasidagi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvi 9 may kuni bo'lib o'tadi.

O'rtoqlik uchrashuvi.
Belarus, Molodcheno.
Belarus U-18 – O'zbekiston U-19 - 0:3.
Gollar:
Aziz G'aniev (9), Sanjar Qodirqulov (49), Saidjamol Davlatjonov (89).

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика