So’nggi yangiliklar

01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  0 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  1 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  3 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  2 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  4 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   37 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  11 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  1 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  8 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  28 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2

O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi nazorat o'yinida Metallurgni mag'lub etdi Yangiliklar

O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi nazorat o'yinida Metallurgni mag'lub etdi

29 iyul kuni Toshkent shahrida o'zining navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini bolshagan O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi 30 iyul kuni Bekobodning Metallurg klubi ayollar jamoasiga qarshi nazorat o'yinini o'tkazib 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
Ayni damda Vyacheslav Soloxo bosh murabbiylik qilayotgan O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasining Toshkentdagi yig'iniga jami 23 nafar futbolchi taklif etilgan.

Malumot o'rnida, 3 avgust kunigacha Toshkentda mashg'ulot o'tkazadigan O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi yig'inni davom ettirish uchun 4 avgust kuni Vetnamga uchib ketadi. Mazkur yig'in davomida O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi mezbon - Vetnam U-19 ayollar termasi bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishi rejalashtirilgan. Rejaga ko'ra, mazkur o'rtoqlik o'yinlari 6 va 8 avgust kunlari bo'lib o'tadi.

Takidlash lozim, ushbu yig'in O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi uchun noyabr oyida bo'lib o'tadigan Osiyo CHempionati saralash bosqichi uchun tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.

O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasining yig'inda ishtirok etayotgan futbolchilar ro'yxati:

Darvozabonlar: Tilovova Laylo, Jonimkulova Maftuna.
Himoyachilar: Bektemirova Dilnoza, SHoimova Maftuna, Ermakova Anzilya, Tojiddinova SHoxida, Muydinova Nodira, Samandarova Fayoza, Xusniddinova Soliha.
Yarim himoyachilar: Normurodova Sevara, Yusupova Madina, Nozimova Dildora, Tosheva SHodiya, Normurodova Sitora, Boboxo'jaeva Feruza, Kudratova Nilufar, Kulturaeva SHoira.
Hujumchilar: Jumakulova Nafosat, Zoirova Umida, Komoltoeva Nozima, Ilasheva O'g'iloy, SHaripova Ezoza, Dadajonova Nilufar.

Nazorat uchrashuvi.
30 iyul, chorshanba.
O'zbekiston U-19 (ayollar) - Metallurg (ayollar) 2:1
Gollar
: N. Qudratova, N. Mo'ydinova - N. SHeralieva
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика