O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi Osiyo chempionati saralashida ishtirok etish uchun Myanmaga yo'l oldi
24 apr 2019 13:08
Yangiliklar


O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi Osiyo chempionati saralashida ishtirok etish uchun Myanmaga yo'l oldi
Avval xabar berganimizdek, O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi joriy yilning aprel 26-30 aprel kunlari Myanmada bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatining ikkinchi saralash bosqichida qatnashadi.
Terma jamoamiz Avstraliya, Myanma va Nepal kabi jamoalar bilan birgalikda "A" guruhidan joy olgan.
Ana shu musobaqada qatnashish uchun terma jamoamiz delegaciyasi bugun Myanma mamlakatiga yo'l oldi. Eslatib o'tamiz, guruhda birinchi va ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan terma jamoalar kelasi yili Taylandda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishadi.
Quyida etiboringizga Osiyo chempionati ikkinchi saralash bosqichi taqvimini taqdim qilamiz:
26 aprel
Avstraliya - Nepal
O'zbekiston - Myanma
28 aprel
Nepal - O'zbekiston
Myanma-Avsraliya
30 aprel
Avstraliya - O'zbekiston
Myanma - Nepal
O’xshash yangiliklar

Fikrlar