O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi ikkinchi o'yinda Ozarbayjonni mag'lub etdi
18 iyu 2016 11:04
Yangiliklar
O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi ikkinchi o'yinda Ozarbayjonni mag'lub etdi
U-19 yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati saralash bahslariga tayyorgarlik ko'rayotgan qizlar terma jamoasi Ozarbayjon poytaxtida navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazdi. Ushbu yig'in davomida ozarbayjonliklar bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish rejalashtirilgandi. Dastlabki o'yin 15 iyul kuni bo'lib o'tdi va unda Ozarbayjon U-19 2:1 hisobida g'alaba qozongandi.
17 iyul kuni bo'lib o'tgan ikkinchi nazorat uchrashuvida esa Sevara Normurodova hamda SHahnoza Qurbonova kiritgan gollar evaziga g'alaba qozondi – 2:0.
Bahrom Norsafarov boshqarib borayotgan terma jamoa 18 iyul kuni Toshkentga qaytadi.
O'rtoqlik uchrashuvi
17 iyul, Baku, Ozarbayjon.
O'zbekiston U-19– Ozarbayjon U-19– 2:0
Gollar: Sevara Normurodova, SHahnoza Qurbonova
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar