O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi bugun yig'in doirasida nazorat o'yinida maydonga tushdi
16 fev 2019 11:05
Yangiliklar


O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi bugun yig'in doirasida nazorat o'yinida maydonga tushdi
Avval xabar berib o'tganimizdek, O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi shu yilning aprel oyida Osiyo chempionati saralashining ikkinchi bosqichida ishtirok etadi.
Ana shu musobaqaga tayyorgarlik ko'rish maqsadida terma jamoa azolari kecha 10 fevral kunidan Namangan shahrida yig'in o'tkazmoqda.
Kecha yig'in doirasida Karima Yo'ldosheva shogirdlari "Andijanka" jamoasiga qarshi nazorat o'yini o'tkazishdi. Uchrashuvda terma jamoamiz azolari 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi.
Namangandagi o'quv-mashg'ulot yig'ini 19 fevralga qadar davom etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar