So’nggi yangiliklar

13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  1 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  8 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  5 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  8 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  13 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37

O'zbekiston U-17 ustozi Jamoliddin Rahmatullaev: "Jahon chempionatida avvalgi natijalarni yaxshilagan holda yangi tarix yozmoqchimiz" Yangiliklar

O'zbekiston U-17 ustozi Jamoliddin Rahmatullaev: "Jahon chempionatida avvalgi natijalarni yaxshilagan holda yangi tarix yozmoqchimiz"

Bir necha soat oldin joriy mavsum Indoneziya mezbonlik qiladigan U-17 Jahon chempionatiga qura tashlandi.

Qura natijalariga ko'ra, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Ispaniya, Mali, Kanada bilan bir guruhdan o'rin egalladi. Saytimiz muxbiri Abdulaziz Iskandarov bu borada O'zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullaevning fikrlari bilan qiziqdi. 

- Jahon chempionati qura natijalarini qanday qabul qildingiz? Raqiblar qanchalik qulay yoki noqulay?

- Bu Jahon chempionati ekanligini hisobga olsak, raqiblar ham kuchli bo'lishi aniq edi. Biz uchinchi savatdan joy olgandik. Umumiy olganda "o'lim" yoki juda ham kuchsiz guruhdan o'rin egallaganimiz yo'q. Bu guruhda yaqqol autsayder jamoa ko'rinmayapti. Jamoalar bir-biriga teng, deb o'ylayman. To'g'ri Ispaniya nomi jarangli eshitilishi mumkin. Har bitta o'yin juda ham muhim va qadrli ochkolarni beradi. Quradan oldin ichki hissiyotlarni jamlagan holda guruhlarni taxmin qilgandim. Ispaniya va Kanadada adashmadim. Birgina  terma jamoada o'zgarish bo'ldi. Kutilganidan katta farq qiladigan jamoalar ro'baro' kelmadi.       

- Raqiblarimiz Ispaniya, Mali va Kanada. Guruhdan chiqish imkoniyatlarimizni qanday baholaysiz? Kichik mundialda terma jamoamiz qanday maqsad bilan ishtirok etadi?

- Guruhdan chiqish imkoniyatlarimiz yaxshi. Men futbolchilarimga va murabbiylar shtabimga hammadan ko'proq ishonaman. Aytishim mumkin, maksimal darajada harakat qilamiz. Musobaqada O'zbekiston terma jamoasi bilan avvalgi natijalarni yaxshilagan holda yangi tarix yozmoqchimiz. 

- Oldinda ko'p vaqt qolgani yo'q. Jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayonining navbatdagi rejalari aniq bo'ldimi?

- Rejalarimiz aniq. Oktyabr oyining ilk 15 kunligida Toshkentda yig'ilib jismoniy holatimizni yaxshilaymiz. SHu oyning ikkinchi 15 kunligida Turkiyaning Antaliya shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini olib borishni rejalashtirganmiz. Raqiblar bilan og'zaki kelishib olingan. Bundan keyin eng muhim pallada Indoneziyaga borishdan oldin bu mamlakatga iqlimi yaqin bo'lgan joyda Jahon chempionati ishtirokchisi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazamiz. Ular bilan ham og'zaki gaplashib olingan. Rasman shartnoma imzolangandan keyin bu haqida bilib olishingiz mumkin. Guruhimizga tushmagan birinchi savatdagi jamoa bilan o'rtoqlik o'yinida maydonga chiqamiz. Bu noyabr oyi boshlariga to'g'ri keladi. Bu yig'inlardan so'ng Indoneziyaga yo'l olamiz. 

- Indoneziyaga boradigan tarkibda Tailanddagi Osiyo chempionatiga nisbatan yangiliklar ko'ramizmi?

- Osiyo chempionatiga 23 nafar futbolchi jalb qilingan bo'lsa, Jahon chempionatida biroz qisqaradi 21taga tushadi. SHundan 3 nafari darvozabon hisoblanadi. Katta o'zgarish qilmaymiz. CHunki bu jamoani shakllantirishda ko'p vaqt sarf qilganmiz. Osiyo chempionatidan so'ng 3-4 nafar yangi nomlarni taklif qildik. Ayrimlari o'zini yaxshi tomonlarini ko'rsatdi. Sog'lom raqobat yaxshi baribir. Oldimizda vaqt bor. Terma jamoada barchaga eshiklar ochiq. Ko'p o'zgarish bo'lmasa ham ayrim yangi futbolchilar qo'shilishi ehtimoli yo'q emas.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика