O'zbekiston U-16 xalqaro turnirdagi ishtirokini yakunlab Toshkentga qayib keldi
27 iyu 2014 14:37
Yangiliklar
O'zbekiston U-16 xalqaro turnirdagi ishtirokini yakunlab Toshkentga qayib keldi
O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi Turkiyaning Istanbul shahrida tashkil etilgan xalqaro turnirdagi ishtirokini yakunlab 26 iyul kuni Toshkentga qaytib keldi.
Aleksandr Mochinov shogirdlari turnirdagi so'nggi o'yinida mahalliy Istanbulspor klubining U-17 o'smirlar jamoasiga qarshi maydonga tushdi. O'yin O'zbekiston U-16 o'smirlarining ustunligida o'tdi va yakunda Mochinov shogirdlari raqibini 7:1 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi.
Avvalroq xabar berganimizdek, O'zbekiston U-16 o'smirlar termasi turnirdagi ilk o'yinida Saudiya Arabistoni o'smirlariga qarshi o'ynagan va mag'lubiyatga uchragan edi. Ikkinchi o'yinda Qatar U-16 o'smirlariga qarshi to'p surgan o'zbekistonlik o'smirlar 1:1 hisobida durang o'ynashdi. Turnirdagi uchinchi o'yinda esa, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi iordaniyalik o'smirlarga 0:3 hisobida mag'lub bo'lishgan edi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi shu yilning 6-20 sentyabr kunlari Tailandda bo'lib o'tadigan U-16 Osiyo CHempionati final bosqichida ishtirok etadi.

Fikrlar