O'zbekiston U-16 termasi murabbiylar shtabi Muangtong stadionini ko'zdan kechirishdi
06 sen 2014 08:01
Yangiliklar
O'zbekiston U-16 termasi murabbiylar shtabi Muangtong stadionini ko'zdan kechirishdi
O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Mochinov boshchiligidagi murabbiylar shtabi, OCH S guruhi o'yinlari bo'lib o'tadigan Muangtong stadionini ko'zdan kechirishdi.
Bankokdan 50 km uzoqlikda bo'lgan mazkur stadion Osiyo CHempionati o'yinlarini qabul qiladigan ikki stadiondan biri hisoblanadi. Tailand Prpemer-Ligasi vakili Muangtong United klubining uy stadioni hisoblangan mazkur o'yingoh 15 ming kishiga mo'ljallangan.
Mazkur stadionda U-16 o'smirlar o'rtasidagi Osiyo CHempionati A va S guruhlaridagi barcha o'yinlar o'tkaziladi.
Takidlash joiz, O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi guruh bosqichi uchrashuvlarining barchasini mazkur stadionda o'tkazadi. Aleksandr Mochinov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi guruh bosqichida Nepal, KXDR va Kuvayt o'smirlar terma jamoalariga qarshi o'ynaydi. O'zbekiston U-16 o'smirlari guruh bosqichidagi ilk o'yinini 7 sentyabr kuni Nepal o'smirlar terma jamoasiga qarshi o'tkazadi.
Malumot o'rnida, U-16 o'smirlar o'rtasidagi OCH bahslariga 6 sentyabr kuni start beriladi. Musobaqani 6 sentyabr kuni Janubiy Koreya va Ummon o'smirlar terma jamoalari o'zaoo o'yin bilan boshlab berishadi. Osiyo CHempionati guruh o'yinlari taqvimi haqida avvalroq xabar bergan edik.

championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar