O'zbekiston U-16 terma jamoasi Valentin Ivanov xotira-turnirida ishtirok etadi
02 avg 2019 16:37
Yangiliklar


O'zbekiston U-16 terma jamoasi Valentin Ivanov xotira-turnirida ishtirok etadi
Bilasiz, O'zbekiston U-16 terma jamoasi shu yilning 14-22 sentyabr kunlari Toshkentda o'tadigan Osiyo chempionati saralashida ishtirok etadi.
Mazkur musobaqaga tayyorgarlik ko'rish maqsadida Azamat Abduraimov shogirdlari bir qator musobaqa hamda o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushmoqda. 26 iyul – 1 avgust kunlari Tojikistonda Markaziy Osiyo futbol associaciyasi tomonidan o'tkazilgan “CAFA U-16 championship-2019” musobaqasi bo'lib o'tdi. Unda terma jamoamiz 2-o'rinni egalladi.
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi avgust oyida yana bir xalqaro musobaqada qatnashadi. 20-26 avgust kunlari Rossiya poytaxti Moskva shahrida “Star Way” nomli Valentin Ivanov xotira-turniri bo'lib o'tadi. Unda Turkiya, Serbiya, Rossiya hamda O'zbekiston o'smirlar terma jamoalari g'oliblik uchun bahs olib borishadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar