O'zbekiston U-16 terma jamoasi - Osiyo chempionatiga chiqdi!
22 sen 2019 18:09
Yangiliklar
O'zbekiston U-16 terma jamoasi - Osiyo chempionatiga chiqdi!
Azamat Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston U-16 terma jamoasi bundan biroz avval Hindiston bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi.
Terma jamoamiz guruhda 7 ochko bilan ikkinchi o'rinni egalladi. Bundan biroz avval "H" guruhidagi Vetnam - Avstraliya uchrashuvi yakuniga etdi va mana shu o'yindan so'ng O'zbekiston Osiyo chempionatiga chiqishi aniq bo'ldi.
Qolgan guruhlarda qaysi jamoalar ikkinchi o'rinni olishsa ham O'zbekiston o'smirlari to'rttalikdan tushib ketmaydi.
Fikrlar