So’nggi yangiliklar

18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  0 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  4 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  1 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  2 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  4 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  10

O'zbekiston U-16 o'smirlari Osiyo CHempionatidan oldin Malayziyada yig'in o'tkazadi Yangiliklar

O'zbekiston U-16 o'smirlari Osiyo CHempionatidan oldin Malayziyada yig'in o'tkazadi

O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi 14-20 avgust kunlari Toshkentda o'zining navbatdagi yig'inini o'tkazadi.
Ushbu yig'in davomida, terma jamoa bosh murabbiyi Aleksandr Mochinov Osiyo CHempionatiga boradigan tarkibning o'zagini aniqlab olishni rejalashtirgan.

O'FF Terma jamoalar markazi malumotiga ko'ra, O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi Osiyo CHempionati oldidan so'nggi yig'inini Malayziyada o'tkazadi. 24 avgust kuni Malayziyaga jo'nab ketadigan O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi yig'in davomida 26-28 avgust kunlari Malayziya o'smirlar terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yinini o'tkazadi.

Malayziyadagi yig'in 31 avgust kunigacha davom etadi va terma jamoa Malayziyadan to'g'ri Osiyo CHempionatida ishtirok etish uchun Tailandga yo'l oladi.

Eslatib o'tamiz, Tailandda bo'lib o'tadigan U-16 o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati 6-20 sentyabr kunlari bo'lib o'tadi. Aleksandr Mochinov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi musobaqaning guruh bosqichida Nepal, Kuvayt va KXDR o'smirlar terma jamoalariga qarshi o'ynaydi.

U-16 Osiyo CHempionati.
 Bangkok, Tailand.
 S guruhi.
 O'zbekiston
 Nepal
 Kuvayt
 KXDR
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика