So’nggi yangiliklar

12:35Руни "Манчестер Сити" – "Реал" ўйинида эксперт сифатида ишлайди  3 12:07Ўзбекистон – Қирғиз Республикаси учрашувининг вақти ўзгарди  12 11:39Ривалдо: "Ямаль – "Барселона" учун ҳақиқий хазина"  8 11:05Расман: Серхио Рамос Мексика клубига ўтди  7 10:45Жаҳонгир Абдумўминов Вьетнамдаги 4 йиллик фаолиятидан сўнг Ўзбекистонга қайтди  0 10:13Алтин Крезиу: "Андижон"да янги синовларга тайёрман"  1 09:42"ФарДУ" Про-лига янги мавсумига тайёргарликни Тошкентда давом эттиради  0 09:10Нима учун водий клубларида муаммолар бўлаверади? "Нефтчи"нинг трансфер тақиқи ва бошқа мавзулар — Камолиддин Мурзоев билан интервью  1 08:4538 ёшли Рамос янги жамоасида қайси рақамда ўйнайди?  2 08:15Расман: "Бунёдкор" хорватиялик ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 07:31Дилшод Жўраев: "Хоразм"нинг Суперлигада ўйнашига охиригача ишонгандик"  2 03:20Испания Кубоги. "Барселона" чорак финалда қийинчилик кўрмади, Торрес собиқ жамоасини аямади  65 02:57"Ливерпуль" катта қийинчиликсиз Англия Лига Кубоги финалига йўл олди  9 02:32А Серия. "Интер" қолдирилган ўйинда йирик ҳисобда ютқазди  3 00:56Моуринью футбол тарихидаги энг зўр уч футболчи номини айтди  39

O'zbekiston U-16 o'smirlari ikkinchi o'yinda BAA o'smirlari bilan durang o'ynashdi Yangiliklar

O'zbekiston U-16 o'smirlari ikkinchi o'yinda BAA o'smirlari bilan durang o'ynashdi

Ayni damda BAAning Dubay shahrida yig'in o'tkazayotgan O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi BAA o'smirlar terma jamoasiga qarshi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi va 1:1 hisobida durang o'ynadi.

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Olimxo'jaev BAAga qarshi ikkinchi o'yinda ularga qarshi birinchi o'yin bilan taqqoslaganda tarkibda bir qator o'zgarishlarni amalga oshirdi. O'yinning birinchi bo'limi 38-daqiqasida BAA o'smirlari uchrashuvda hisobni ochishdi. Ikkinchi bo'limning 62-daqiqasida esa zahiradan maydonga tushgan Abdumannopov uchrashuvda hisobni tenglashtirdi. O'yinning qolgan daqiqalarida darvozalarga boshqa gol kiritilmadi va o'yin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

SHu tariqa jamoalar o'rtasidagi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvida durang qayd etildi. Eslatib o'tamiz, terma jamoalar o'rtasidagi ilk o'yinda O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi 1:0 hisobida g'alaba qozongan edi.

O'rtoqlik uchrashuvi.

8 may. Dubay, BAA

BAA U-16 – O'zbekiston U-16 – 1:1

Gol:
Abdumannopov (62).

O'zbekiston U-16:  Nematov, Sayfuddinov, Karimov, Kamolov, Hayrullaev, Turg'unboev, Abdurahmonov, Soatov, O'runov, Yo'ldoshev, Parpiev.

Zaxira: Jo'raev, Azizxo'jaev, Abdumannopov, Abdullaev, Holdorov, Ismoilov, Abdusattorov, Namozov, Qo'yliboev, Azimov.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика