O'zbekiston U-16 nazorat o'yinida Bunyodkor-2ga kichik hisobda mag'lub bo'ldi
09 avg 2014 12:47
Yangiliklar
O'zbekiston U-16 nazorat o'yinida Bunyodkor-2ga kichik hisobda mag'lub bo'ldi
O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi 9 avgust kuni Toshkentning Bunyodkor klubi yoshlariga qarshi nazorat o'yinida maydonga tushdi va 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchradi.
SHu yilning 6-20 sentyabr kunlari Tailandda o'tkaziladigan U-16 o'smirlar o'rtasidagi Osiyo CHempionati final bosqichiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 4 avgust kuni Toshkentda o'zining navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini boshlagani haqida xabar bergan edik.
Mazkur yig'in davomidagi so'nggi nazorat uchrashuvi bugun JAR stadionida bo'lib o'tdi va unda O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi Toshkentning Bunyodkor-2 jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Qiziqarli kechgan o'yin Bunyodkor yoshlarining minimal hisobdagi g'alabasi bilan yakuniga etdi.
Eslatib o'tamiz, Aleksandr Mochinov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-16 o'smirlar terma dastlab, 5 avgust kuni Toshkentning Paxtakor klubi yoshlariga qarshi maydonga tushgan va 1:3 hisobida mag'lubiyatga uchragan edi. 7 avgust kuni o'tkazilgan ikkinchi nazorat o'yinida esa Mochinov shogirdlari Toshkentning Bunyodkor klubining U-16 o'smirlar jamoasiga qarshi maydonga tushgan va yirik hisobda g'alaba qozongan edilar.
Malumot uchun, O'zbekiston U-16 terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Mochinov Toshkentdagi yig'inda jami 25 nafar futbolchini sinovdan o'tkazmoqda. Terma jamoa o'zining navbatdagi yig'inini 13 avgust kuni boshlashi rejalashtirilgan.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi shu yilning 6-20 sentyabr kunlari Tailandda bo'lib o'tadigan U-16 o'smirlar o'rtasidagi Osiyo CHempionatida ishtirok etadi.
Nazorat uchrashuvi.
9 avgust, shanba JAR stadioni.
O'zbekiston U-16 - Bunyodkor-2 - 0:1

Fikrlar