Braziliyalik yarim himoyachi "Paxtakor" yig'iniga qo'shiladi

Khoja
11 yanv 2025, 09:57
Shu paytga qadar Portugaliyaning AVS SAD jamoasida o'ynagan Jonatan Lukka Turkiyaga yo'l oldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, tajribali futbolchi "Paxtakor"ning Turkiyadagi yig'inida ishtirok etadi.

Faoliyati mobaynida Portugaliya, Norvegiya va boshqa davlatlarda to'p tepgan futbolchi "Paxtakor"ga o'tishi kutilmoqda. Transfermarkt portali uning narxini 250 ming evroga baholagan.

Avvalroq "sherlar" braziliyalik darvozabon Jonatan Sikeyraga qiziqayotgani haqida xabar berilgan edi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia