O'zbekiston U-16 Dukentda yig'in o'tkazmoqda
13 avg 2016 14:48
Yangiliklar
O'zbekiston U-16 Dukentda yig'in o'tkazmoqda
Temur Olimxo'jaev murabbiyligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi shu kunlarda Toshkent viloyatining Dukent shaharchasida bo'lib turibdi.
Sentyabr oyida Hindistonda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan terma jamoamiz 5 avgustdan boshlab Dukentda yig'in o'tkazmoqda. 17 avgustga qadar davom etadigan yig'inda asosiy etibor jismoniy tayyorgarlikka qaratilmoqda. SHu bois, kuniga 2-3 mahaldan mashg'ulotlar o'tkazilmoqda.
Aytish kerak, terma jamoamiz avgust oyining so'nggi kunlarida Slovakiyaga yo'l oladi. U erda mezbonlarga qarshi nazorat uchrashuvi o'tkazilishi rejalashtirilgan. 2 sentyabr kuni yurtimizga qaytib keladigan terma jamoamiz oradan bir hafta o'tib, Hindistonga jo'nab ketadi.

O’xshash yangiliklar
22:01
Jiyanov qo'shildi, Yusupov va O'rinboev yo'q. "Navbahor"ning bugungi mashg'ulotidan GALEREYA 2
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar