O'zbekiston U-16 Dukentda yig'in o'tkazmoqda

Narzulla Saydullayev
13 avg 2016, 14:48
Temur Olimxo'jaev murabbiyligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi shu kunlarda Toshkent viloyatining Dukent shaharchasida bo'lib turibdi.

Sentyabr oyida Hindistonda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan terma jamoamiz 5 avgustdan boshlab Dukentda yig'in o'tkazmoqda. 17 avgustga qadar davom etadigan yig'inda asosiy e'tibor jismoniy tayyorgarlikka qaratilmoqda. Shu bois, kuniga 2-3 mahaldan mashg'ulotlar o'tkazilmoqda.

Aytish kerak, terma jamoamiz avgust oyining so'nggi kunlarida Slovakiyaga yo'l oladi. U yerda mezbonlarga qarshi nazorat uchrashuvi o'tkazilishi rejalashtirilgan. 2 sentyabr kuni yurtimizga qaytib keladigan terma jamoamiz oradan bir hafta o'tib, Hindistonga jo'nab ketadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia