O'zbekiston U-16 bugun Turkiyada Saudiya Arabistoni bilan o'ynaydi
17 iyu 2014 10:21
Yangiliklar

O'zbekiston U-16 bugun Turkiyada Saudiya Arabistoni bilan o'ynaydi
Aleksandr Mochinov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi 15-25 iyul kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida tashkil etiladigan xalqaro turnirda ishtirok etishi haqida xabar bergan edik.
15 iyul kuni Turkiyaga jo'nab ketgan O'zbekiston U-16 o'smirlari bugun turnirdagi ilk o'yinini Saudiya Arabistoni U-16 o'smirlariga qarshi o'tkazadi. SHu yilning sentyabr oyida Tailandda bo'lib o'tadigan U-16 o'smirlar o'rtasidagi OCH bahslariga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi rejaga ko'ra Turkiyada jami to'rt uchrashuvda maydonga tushadi.
Saudiya Arabistoniga qarshi o'yindan tashqari Mochinov shogirdlari 20 iyul kuni Iordaniya, 22 iyul kuni Qatar va 24 iyul kuni BAA o'smirlariga qarshi o'ynashi rejalashtirilgan.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi 2-11 iyul kunlari Toshkentda yig'in o'tkazishgan va JAR stadionida Ummon U-16 o'smirlar terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan edilar. Terma jamoalar o'rtasidagi ilk uchrashuvda O'zbekiston U-16 o'smirlari 2:0 hisobida g'alaba qozonishgan bo'lsa, o'zaro ikkinchi o'yinda Ummon o'smirlari 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

Fikrlar