So’nggi yangiliklar

18:13"Андижон" — "Қўқон-1912". Таркиблар маълум  2 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0 16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0 16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  2 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  4 11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  4 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  9

O'zbekiston U-16 bosh murabbiyi turnirdagi ishtiroki, Eronning Tojikistonga urgan 7 goli hamda ularga muxlislik qilgan mezbon tomoshabinlar haqida gapirdi Yangiliklar

O'zbekiston U-16 bosh murabbiyi turnirdagi ishtiroki, Eronning Tojikistonga urgan 7 goli hamda ularga muxlislik qilgan mezbon tomoshabinlar haqida gapirdi

Dushanbedagi CAFA U-16 Championship-2022 turniridan qaytib kelgan O'zbekiston U-16 terma jamoasi bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullaev turnirdagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

Eslatib o'tamiz, Markaziy Osiyoning beshta mamlakati ishtirok etgan musobaqada O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 3 g'alaba, 1 durang qayd etgan holda, 10 ochko bilan 2-o'rinni egalladi. Musobaqa g'olibi Eron jamoasi faqatgina to'plar nisbatiga ko'ra o'zbekistonliklarni ortda qoldirdi.

Turnir haqida

- Oldimizdan turgan asosiy maqsad oktyabr oyida o'tkaziladigan Osiyo chempionatiga saralash bahslari hisoblanadi. Bosh murabbiy sifatida ilk rasmiy turnirda ishtirok etdim. O'z oldimizga bir qator maqsadlar qo'ygandik - jamoada do'stona muhitni shakllantirish, o'yin uslubimizni tashkil etish hamda chempionlik. Sababi, bu jarayon yigitlarda o'ziga bo'lgan ishonchni orttirardi. Dastlabki rejamiz amalga oshdi. Biz nafaqat yaxshi jamoa, balki yaxshi oila tuza oldik. Hali maksimal darajaga chiqmagan bo'lsak-da, o'zimiz xohlagan uslubni shakllantira oldik. Bu turnir bizga shuni ko'rsatdiki, har qanday vaziyatni o'zimiz hal qilishimiz lozim. Kamchiliklarimiz ham bor, ular ustida murabiylar bilan birgalikda ishlaymiz. Eng muhimi, biz to'g'ri yo'ldamiz, buni o'z o'yinlarimiz orqali ko'rsata oldik. 

- Terma jamoa musobaqa davomida yaxshi taassurot qoldirdi. CHempionlikka bir qadam qolgandi. Musobaqaning so'nggi Tojikiston - Eron bahsini kuzatgan bo'lsangiz, eronliklarning 7 ta goli ko'pchilikda shubhali taassurot qoldirdi.

- Bu borada nimadir deya olmayman. O'yinni stadiondan kuzatib bordik. Biz maydonga chiqib o'z ishimizni bajardik. Agar Eronni ham mag'lub etganimizda, bu savollarga o'rin qolmasdi. Mayli, hammasi yaxshilikka. Buyog'iga yanada ko'proq mehnat qilishimiz darkor.

- Kechagi o'yinda tojikistonlik muxlislar ham o'z jamoasidan norozi bo'lib, "O'zbekiston!" deya hayqirishgan.

- Buni kechagi vaziyatga bog'lamagan bo'lardim. Har bir o'yinimizni tomoshabinlar kuzatib borishdi. Bu holat har bir o'yindan so'ng yuz berdi. Oxirgi uchrashuvda muxlislar o'z shijoatini to'liq ko'rsatgan holda chiroyli xayrlashdi. 

- Jamoaning kelgusida rejalari haqida gapirsangiz.

- Endilikda xalqaro o'yinlarni ko'paytirishni maqsad qilganmiz. Deyarli har oyda safar o'yinlari o'tkazishni rejalashtirganmiz. Oktyabrgacha maksimal tayyorgarlik ko'rishga harakat qilamiz.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика