So’nggi yangiliklar

01:22Каррагер "Ливерпул" трансферлари ҳақида: "Одатда бундай ишни "Реал" қиларди"  1 00:45Хулиан Альварес "Арсенал" билан ўйин олдидан: "Атлетико" исталган жамоани мағлуб эта олади"  0 00:15Ла Лига ўз футболчиларига таҳдид қилди  0 23:51Картабиа: "Ўтган йилдан фарқли равишда "Насаф" билан бошқа турнирда тўқнашамиз"  0 23:30ФОТОГАЛЕРЕЯ. Пролига. "Олимпик-MobiUz" – "Арал" 3:1  0 23:22ОФК Элит ЧЛ. "Тракторсози" меҳмонда 5 та гол урди, "Ал Иттиҳод" ҳам йирик ғалабани тантана қилди  0 22:48Рўзиқул Бердиев: "Эртанги ўйинга тўлиқ тайёрмиз"  5 22:32Паулу Соуза: "'Насафни яхши биламиз. Улар ҳозиргача кўпроқ очко тўплашга лойиқ эди"  0 22:19Аморим – сўнгги 5 мавсумда АПЛда "Ливерпуль" ва "Сити"ни меҳмонда мағлуб этган ягона мураббий  1 22:04Мундиалга тайёргарлик кўраётган Ўзбекистон U-17 Венесуэла билан дуранг ўйнади  1 21:46Неъматулла Қуттибоев: "Энди ҳар бир ўйин биз учун финалга тенг"  3 20:59Фарҳод Нишонов: "2:0дан сўнг йигитлар бироз бўшашишди"  0 20:36Суперлига. 26-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  5 20:13Ҳарри Кейн орзусидаги жамоани тузди  17 20:04Рой Кин: "Агар "Манчестер Юнайтед" бугунгидек ўйнаса, Аморим яна 3 йил ишлайди"  0

O'zbekiston U-16 bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullaev: "Ko'p vaqt yo'qotdik. Endi yig'inlar to'xtamaydi" Yangiliklar

O'zbekiston U-16 bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullaev: "Ko'p vaqt yo'qotdik. Endi yig'inlar to'xtamaydi"

SHu kungacha havotirlarni oshirayotgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi nihoyat yig'in o'tkazmoqda.

2022 yil hisobidan birinchi marotaba o'quv-yig'in mashg'ulotini olib borayotgan terma jamoamizga Jamoliddin Rahmatullaev bosh murabbiy etib tayinlandi. Bunga qadar ushbu vazifani Server Jeparov bajarib kelayotgan edi. Malumot uchun, Jamoliddin Rahmatullaev 1986 yilda tavallud topgan. Futbolchilik faoliyatini "Lokomotiv" va "UzDongJu" kabi jamoalarda to'p tepgan. Murabbiy sifatidagi faoliyatini "Spartak-Toshkent" jamoasida boshlagan. 2020 yildan boshlab "Bunyodkor" U-18 bosh murabbiyi va O'zbekiston U-16 terma jamoasining bosh murabbiyi yordamchisi sifatida ishlab kelgan. Endilikda unga murabbiylar shtabida Anvar Rahimov, Sobir Usmonxo'jaev, darvozabonlar murabbiyi SHavkat Abduxo'jaev ko'maklashadi. Terma jamoamizning kechagi mashg'ulotlari avvalida bosh murabbiyni suhbatga chorlab o'zimizni qiziqtirgan savollarga javob oldik. 


U-16 o'smirlar terma jamoasiga bosh murabbiy tayinlandi - Jamoliddin Rahmatullaev!


"Mazkur terma jamoa men uchun yangilik emas. CHunki Server Reshatovich bilan terma jamoa shakllanishni boshlagandan buyon birgaman. Malum sabablarga ko'ra Server Reshatovich lavozimini tark etgach rahbariyat terma jamoa bosh murabbiyligini ishonib topshirdi. Berilgan imkoniyatdan foydalanib jamoani qabul qilib oldim. Oldindagi rejalarimiz, maqsadlarimiz belgilab berilgan. O'FA rahbariyati bilan har tomonlama kelishib oldik",- deydi murabbiy. 


Saralash bahslariga hech qancha vaqt qolmagan. Mana shu vaqt ichida futbolchilarda xalqaro tajribani shakllantirib olish muhim.  O'tgan uch oy ichida hech qanday o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazmagan terma jamoamizning oldida qiyin vazifa turibdi. Buning uchun esa musobaqalar, xorij yig'inlari zarur. Bu borada Jamoliddin Rahmatullaev quyidagicha fikrlarni bildirdi. 


"To'g'ri aytdingiz. Oldimizdagi eng muhim musobaqa saralash bahslari. Xabaringiz bor O'zbekiston ikkinchi savatchadan o'rin olgan. Bu bizga juda katta ogohlik qo'ng'irog'idir. Guruhimizda kuchli raqiblar bo'lishi aniq. Uch oy yig'in o'tkazganimiz yo'q. Ko'p vaqt yo'qotdik. Rahbariyat bilan mazkur masalada gaplashdik. Bundan buyon dam olish yo'q. Endilikda yig'inlarni to'xtatmaymiz. Aprel oyidagi 10 kunlik yig'inimizdan so'ng, may oyida CAFA turnirida ishtirok etamiz. Tarkibimizning o'zagi deyarli aniqlab olingan. SHunga qaramay bir nechta yangi yoshlarni ham sinovdan o'tkazib olmoqchimiz. CAFA musobaqasidan so'ng xalqaro o'yinlar davomiyligini uzmasligini rahbariyat vada berdi. Boshqa yo'limiz ham qolmagan. Nimagadir erishmoqchi bo'lsak, qisqa vaqtdan maksimal darajada foydalanishimiz kerak. Futbolchilar ham his qilib olishi lozim",- deydi Rahmatullaev. 


FOTO O'zbekiston U-16 terma jamoasi Toshkentda yig'inni boshladi


"O'yin va ko'nikmani shakllantirishda muammo bo'lmaydi, deb o'ylayman. CHunki Server Reshatovich va mening qarashlarimda katta farq yo'q. Bolalar uchun ham bu yaxshi. Faqatgina kuchli raqiblar bilan o'yinlar orqali mukammalashtirishimiz talab etiladi. Ishlashimiz kerak bo'lgan asosiy narsa yaxlit jamoani tuzish. Boisi 3 oy kichik muddat emas. Hozirgi holatda mazkur jihat yaqqol ko'zga tashlanadi. Mashg'ulotlarda, o'rtoqlik o'yinlarida himoya chizig'imizni mustahkamlab olishimiz darkor. Qachonki, mudofaa chizig'i yaxshi bo'lsa, hujumkor o'yin ko'rsata olamiz. Qolganlaridan ko'nglim to'q",- deydi murabbiy. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика