O'zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi Toshkentda yig'inga kirishdi

Narzulla Saydullayev
11 iyul 2018, 14:35
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi barcha terma jamoalarga musobaqalarga tayyorgarlik ko'rish uchun shart-sharoitlarni yaratib bermoqda.

Jumladan, O'zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi 16 iyuldan 23 iyul kuniga qadar Qirg'izistonning Bishkek shahrida tashkil etiladigan “Umid kubogi” musobaqasida ishtirok etadi.

Ilhom Xanjariev boshchiligidagi O'zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi ushbu musobaqaga tayyorgarlik doirasida 11 iyuldan 15 iyulga qadar Toshkent shahrida yig'inda ishtirok etadi. Yig'inda terma jamoamiz a'zolari quyidagi tarkibda ishtirok etmoqda:

Darvozabonlar:
Polyushkevich Angelina “Sevinch”
Davlatova Aziza “TerDU” (Surxon)

Himoyachilar:
Kosnikova Marina “Bunyodkor”
Qo'chqorova Sevinch “AGMK”
Tursunalieva Fotima “AGMK”
Toshpo'latova Rushana “Sevinch”
Alieva Durdona “Sevinch”

Yarim himoyachilar:
Sodiqova Parvina “AGMK”
Tursunalieva Zuxra “AGMK”
Xotamova Umida “Paxtakor”
Erkinova Kamola “Paxtakor”
Bahromova Azizaxon “BO'SM” (Oqqo'rg'on)
Iskandarova Nodira “So'g'diyona”
Saydullaeva Ug'iloy “Sevinch”
Mamatkarimova Zarina “Metallurg”

Xujumchilar:
Jo'rabaeva Diyora “Navbahor”
Oraniyazova Leyla “IBO'SM” (Toshkent viloyati)
Suyunova Oysora “Lokomotiv”



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com