O'zbekiston U-15 o'smirlari Yaponiyadagi xalqaro turnirda ishtirok etadi

Aslanov Jasurbek
20 fev 2015, 07:33
Temur Olimxo'jaev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-15 terma jamoasi 23-30 mart kunlari Yaponiya poytaxti Tokio shahrida bo'lib o'tadigan xalqaro turnirda ishtirok etadi.
Yaponiya hamda Markaziy Osiyo mintaqasi jamoalari o'rtasida o'tkaziladigan mazkur turnirda 2000 yilda tug'ilgan o'smirlardan tashkil topgan terma jamoalar ishtirok etadi.

Toikodagi xalqaro turnirda mezbon - Yaponiya o'smirlaridan tashqari, yangi tashkil etilgan Markaziy Osiyo mintaqasiga kiruvchi barcha terma jamoalar - O'zbekiston, Eron, Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmaniston hamda Avg'oniston U-15 terma jamoalari ishtirok etishadi. Turnir taqvimi va o'yinlar sanasi haqida keyinroq batafsil ma'lumot beriladi.

Ma'lumot uchun, Temur Olimxo'jaev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-15 o'smirlar terma jamoasi shu yilning sentyabr oyida o'tkaziladigan  U-16 o'smirlar o'rtasidagi Osiyo Chempionati saralashida ishtirok etadi.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: the-uff.com