So’nggi yangiliklar

18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  0 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  4 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  1 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  2 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  4 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  10

O'zbekiston U-14 chempionati. "Lokomotiv U-14" - "Odil Junior U-14" uchrashuvidan so'ng murabbiylarning fikrlari Yangiliklar

O'zbekiston U-14 chempionati. "Lokomotiv U-14" - "Odil Junior U-14" uchrashuvidan so'ng murabbiylarning fikrlari

O'zbekiston U-14 chempionatining ikkinchi turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Odil Junior" uchrashuvidan so'ng ikki jamoa murabbiylari fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Zayniddin Tojiev ("Odil Junior U-14"  bosh murabbiyi) - Bu yoshda futbolchilarning barqaror o'yin ko'rsatishiga hali ancha bor. "Lokomotiv"da xohish biroz kuchliroq bo'ldi, deya olaman. Lekin o'yinimiz tizimidan chiqib ketdi. O'yin ertalab vaqtliroq bo'lganigami bolalarimizda hayajon ham bor edi. O'z o'yinlarini ko'rsata olishmadi. Ushbu raqib bilan shu yil uch marotaba to'qnashgan bo'lsak, barchasida 2:1 hisobida g'alaba qozondik. Ular ham harakat qildi. G'alaba bilan tabriklayman.

Sunnatilla Abdurasulov ("Lokomotiv U-14" bosh murabbiyi) - Ushbu bahsga juda qattiq tayyorgarlik ko'rgan edik. CHunki Toshkent shahar chempionati finalida "Odil Junior"ga mag'lub bo'lib ikkinchi o'rinni olgandik. Qaysidir manoda alamli mag'lubiyat uchun revansh oldik. Navbatdagi o'yinlarga hozirlikni boshlaymiz. Hozirda "Aral Samali" kelmagani uchun ko'p narsa o'zgarib ketdi. Guruhdan chiqishimiz "Odil Junior" va "Paxtakor" o'rtasidagi bahsga ham bog'liq. Futbolda omad ham muhim ahamiyat kasb etadi. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика