O'zbekiston U-12 Malayziyada turnirda 11 o'rinni oldi
07 dek 2014 22:08
Yangiliklar

O'zbekiston U-12 Malayziyada turnirda 11 o'rinni oldi
5 dekabr kuni Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida start olgan Supermokh-2014 xalqaro turniri yakunlandi.
Musobaqaning "C" guruhida ishtirok etgan Miraziz Mirzaahmedov bosh murabbiyligidagi terma jamoasi 3ta o'yin o'tkazib bir g'alaba va ikki mag'lubiyat qayd etgandi. O'zbekiston U-12 terma jamoasi dastlab "Buriram Yunayted" klubiga qarshi bahsda 2:1 hisobida g'alaba qozongan bo'lsa, 2-turda "Poxang Stilers"a 1:4, 3-turda esa "Malayziya Taygers" klubiga 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi.
Guruhda dastlabki ikki o'rinni olgan jamoalar final yo'llanmasi uchun kurashni davom ettirishdi. Qolgan jamoalar esa 9-12 va 13-16 o'rinlar uchun o'ynashdi. 9-12 o'rinlar uchun O'zbekiston terma jamoasi ham kurash olib bordilar. Yarim final ko'rinishida o'tgan uchrashuvlarda raqibimiz "Sevilya" bo'ldi. Asosiy vaqt 2:2 hisobida yakunlangan uchrashuv g'olibi penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda Ispaniya klubining omadi keldi.
SHundan keyin terma jamoamiz Bangladesh bilan bahsda qiyinchilik bilan 1:0 hisobida g'alaba qozonib musobaqadagi o'z ishtirokini yakunladi.Yakuniy natija "faxrli" 11 o'rin.

Fikrlar