Uchrashuvdan bir kun oldin odatga ko'ra O'zbekiston terma jamoasi o'yinoldi rasmiy mashg'ulotni o'tkazdi. Mahalliy vaqt bilan soat 19:00da Mirjalol Qosimov shogirdlari Brisbendagi "Brisben" stadionida mashg'ulotni boshlashdi.
OAV uchun ochiq bo'lgan 15 daqiqa ichida darvozabonlarimiz odatga ko'ra Pyotr Gizimchuk bilan shug'ullanishdi.
O'yinchilar esa ikkiga bo'linib asosan "kvadrat" o'ynashdi. Yigitlarning kayfiyatlari yaxshi ekanini ularning kulgulari orqali ham bilib olish mumkin edi.
Bugungi mashg'ulotni kuzatishga O'FF prezidenti stadionga Mirabror Usmonov tashrif buyurganini takidlash lozim.
Ertaga mahalliy vaqt bilan soat 19:00da Xitoy va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi o'yin start oladi. (Toshkentda 14:00 bo'ladi).
Mashg'ulot fotogalereyasi yaqin vaqt ichida taqdim etiladi.
Narzulla Saydullaev
Brisben