O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda Eron bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
11 may 2015 10:34
Yangiliklar


O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda Eron bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
Rossiyada bo'lib o'tadigan Jahon CHempionati-2018 ikkinchi saralash bosqichiga kirishish oldidan O'zbekiston milliy terma jamoasi Eron bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadigan bo'ldi.
Jahon CHempionati saralashining ikkinchi bosqichi o'yinlari 11 iyun kuni start olsa-da, birinchi turda Mirjalol Qosimov shogirdlari dam oladi. Ushbu vaziyatdan foydalanib, O'zbekiston Futbol Federaciyasi Eron terma jamoasiga qarshi, 11 iyun sanasida Toshkentda o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish borasida kelishuvga erishdi.
O'zbekiston saralash bosqichidagi dastlabki uchrashuvini 15 iyun kuni, SHimoliy Koreyaga qarshi safarda o'tkazadi.

Fikrlar