So’nggi yangiliklar

19:33Остон Ўруновдан рекорд!  2 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  4 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  0 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2 17:55"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини сотиб олади  0 17:33Расман: Постекоглу – "Ноттингем Форест" бош мураббийи!  4 17:16Расман: Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё Кубогига чиқди!  22 17:08Ўзбекистон Эрон устидан қийин ғалабага эришиб, CAFA мусобақаси ғолибига айланган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  2 16:56U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Фаластинни қийинчилик билан мағлуб этди  57 16:36"Бухоро" "Навбаҳор" билан ўйинни уйида ўтказади  3 16:15МТЖ дарвозабонлар мураббийи: "Кападзенинг шартномасини билмайман, аммо мураббийлар штабининг шартномаси ЖЧ-2026 якунига қадар амал қилади"  5 15:47Эрон терма жамоаси мураббийи: "Бош ҳакамнинг қарорлари фақат Эрон зарарига бўлди. Қирғизистон ҳам ҳакамдан жабр кўрганди"  25 15:19Меҳди Тареми: "Ёмон воқеалардан сабоқ олиш сизни ривожлантиради"  14 14:51Тонали Гаттузо ҳақида: "У менга айтган ҳамма нарсани қадрлайман"  2 14:23Ла Лигада август ойининг энг яхши мураббийи маълум  0

O'zbekiston terma jamoasi tayyorgarligi uchun Superliga 12-turi sanalari o'zgaradi Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasi tayyorgarligi uchun Superliga 12-turi sanalari o'zgaradi

2-10-iyun sanalari FIFA kunlari sifatida belgilangan bo'lib, uning doirasida O'zbekiston milliy terma jamoasi 5-iyun kuni Abu Dabida BAA hamda 10-iyun kuni Toshkentda Qatar termalariga qarshi maydonga tushadi.

BAA bilan uchrashuv mamlakat futboli tarixiga kirishi mumkin. Mazkur uchrashuvdagi durang natija ham jamoamizni mundial sari etaklaydi. Shundan kelib chiqib, bosh murabbiy Temur Kapadze Abu Dabidagi bellashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rishni rejalashtirgan. Jumladan, terma jamoamiz safarga odatdagidan ertaroq yo'l olib, tayyorgarlikni Amirliklarda davom ettirishni maqsad qilgan. 


Malumki, may oyining so'nggi 10 kunligida legioner futbolchilar ham terma lageriga ertaroq etib kelishi mumkin. Bu o'z navbatida Kapadzega jamoani ertaroq yig'ish imkoniyatini taqdim etadi. Shundan kelib chiqib, Associaciya va Liga o'zaro kelishgan holda Superliganing 12-tur bellashuvlarini ham FIFA kunidan keyinga ko'chirishga qaror qildi. Bu o'z navbatida Superligada ishtirok etayotgan futbolchilar terma ixtiyoriga ertaroq etib borishini taminlaydi. 


O'zgargan taqvim reja bilan mana shu havola (birinchi yarim yillik, ikkinchi yarim yillik) orqali tanishib olishingiz mumkin. Bunda Superliga o'yinlarining dam olish kunlariga to'g'ri kelishi va kubok uchrashuvlari hafta o'rtasida bo'lib o'tishi principi saqlab qolingan bo'lib, mamlakat kubogining ¼ final bosqichi avgust oyiga ko'chirilgan. 



Ishonamizki, mamlakatimiz bosh jamoasi iyun oyida barcha o'zbekistonliklar uchun mundial chiptasini sovg'a qiladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика