O'zbekiston terma jamoasi sobiq himoyachisi Moskvaning "Lokomotiv" klubi bosh murabbiyiga aylandi
11 avg 2016 15:59
Yangiliklar
O'zbekiston terma jamoasi sobiq himoyachisi Moskvaning "Lokomotiv" klubi bosh murabbiyiga aylandi
O'zbekiston terma jamoasi sobiq himoyachisi Oleg Pashinin Moskvaning "Lokomotiv" klubi bosh murabbiyi vazifasiga tayinlandi.
Bu haqda "temiryo'lchilar" rasmiy sayti elon qildi. Pashinin jamoani "Terek"ka qarshi Rossiya chempionatining 3-tur uchrashuviga tayyorlaydi.
Oldinroq Igor CHerevchenko "Lokomotiv"ni tark etgan edi. Moskva klubi Igor Gennaevichga minnatdorchilik bildirdi va veteranga kelajakda omad tiladi!
Fikrlar