O'zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionati oldidan so'nggi yig'inga kirishdi
27 jan 2016 14:15
Yangiliklar


O'zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionati oldidan so'nggi yig'inga kirishdi
Xose Mariya Mendez boshchiligidagi terma jamoamiz kecha musobaqa oldidan so'nggi yig'inni boshladi. Yig'inga jami 16 nafar futzalchi chaqirildi. Osiyo chempionatida ishtirok etadigan yakuniy ro'yxatdan esa 14 nafar futzalchi o'rin oladi. Demak, yig'inga chaqirilganlardan ikki nafari yakuniy ro'yxatdan tushib qoladi.
Kechagi mashg'ulotda terma jamoada ish boshlagan fizioterapevt braziliyalik Anholeto Aleksandre SHuhrat Tojiboev bilan trenajer zalida shug'ullangan bo'lsa, qolgan futzalchilar bilan Mendez boshchiligidagi murabbiylar mashg'ulot olib borishdi.
Yig'inga chaqirilganlar ro'yxati:
1. Rustam Umarov, "Olmaliq"
2. Akmal Hazratqulov, "Do'stlik-AIN"
3. Klim Tyugaev, "Olmaliq"
4. Nodir Eliboev, "Ardus"
5. Javlon Anorov, "Olmaliq"
6. Artur Yunusov, "Ardus"
7. Farhod Abdumavlonov, "Ardus"
8. Dilshod Rahmatov, "Ardus"
9. Feruz Fahriddinov, "Do'stlik-AIN"
10. Dilshod Irsaliev, "Ardus"
11. Andrey SHlema, "Olmaliq"
12. Davron CHoriev, "Ardus"
13. Jamoliddin SHaripov, "Olmaliq"
14. Konstantin Sviridov, "Olmaliq"
15. Ilhom Hamroev, "Ardus"
16. SHuhrat Tojiboev, "Gansu Masrey" (Xitoy)
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida Livan, Qirg'iziston va Saudiya Arabistoni terma jamoalari bilan birga "A" guruhida kurash olib boradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar