O'zbekiston terma jamoasi Olimpiadada qaysi guruhdan joy oladi?

Aslanov Jasurbek
29 apr 2024, 21:43
Joriy yilning 21 mart kuni Parijda o'tadigan Olimpiadaning futbol musobaqasiga qur'a tshlash marosimi bo'lib o'tgan edi.

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo Kubogining yarim finalida Indoneziyani taslim qilib, Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Timur Kapadze shogirdlari Parijdagi turnirda qaysi guruhdan joy olishadi?

Agar O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo Kubogi g'olibi bo'lsa "D" guruhidan (Paragvay, Mali, Isroil) joy oladi. Finalda mag'lubiyat qayd etilsa, o'zbekistonlik yigitlar "C" guruhida Ispaniya, Misr va Dominikan Respublikasi jamoalariga qarshi o'ynashadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia