So’nggi yangiliklar

18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  0 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  5 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  1 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  2 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  4 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  10

O'zbekiston terma jamoasi legionerlari qachon Toshkentga etib kelishadi? Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasi legionerlari qachon Toshkentga etib kelishadi?

Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda yig'in boshlaydi.

Vadim Abramov mazkur yig'inga 5 nafar legionerni chaqirgan. Xorijda o'ynayotgan futbolchilarimiz terma jamoa qachon ixtiyoriga etib kelishlari haqida so'z yuritamiz.


"SHanxay SIPG" 22 sentyabr kuni Xitoy Superligasi doirasida "Xenan Czyanie"ni 2:1 hisobida mag'lub etgan edi. SHundan keyin klub qisqa muddatli tatilga chiqdi. Sababi navbatdagi o'yinni shanxayliklar 19 oktyabr kuni o'tkazishadi. Odil Ahmedov terma jamoa yig'iniga legionerlar orasida birinchilardan bo'lib etib kelishi kutilmoqda.



BAA pro-ligasi ishtirokchisi "SHarja" klubi 3 oktyabr kuni o'z maydonida "Al Ayn"ni qabul qiladi. Aynan mana shu o'yinni o'tkazganidan keyin Otabek SHukurov Toshkentga etib keladi.



Janubiy Koreyaning "Seul" jamoasi 6 oktyabr kuni safarda "Suvon Samsung Blyuvingz" mehmoni bo'ladi. Ikrom Aliboev mana shu o'yinda qatnashganidan keyin yurtimizga uchib kelishi kutilmoqda.


Janubiy Koreya birinchi ligasida ishtirok etayotgan "Gvangju" klubi 6 oktyabrda safarda "Asan Mugungxva"ga qarshi o'ynaydi. Rustam Ashurmatov shu o'yinni o'tkazib terma jamoa ixtiyoriga etib keladi.



Rossiya premer-ligasi vakili "Rostov" 6 oktyabr kuni Moskvada CSKA bilan o'ynaydi. Terma jamoamiz etakchilaridan biri Eldor SHomurodov mana shu bahsda qatnashib keyin Toshkentga uchib keladi.



Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi 10 oktyabr kuni Toshkentda Yaman, 15 oktyabrda safarda Singapur bilan o'ynaydi.

Reyting: +43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика