So’nggi yangiliklar

11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  1 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  6 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  3 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  12 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  3 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  19 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  4 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  3 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  15 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  13

O'zbekiston terma jamoasi JCH saralashi so'nggi bosqichlarini qanday boshlagan? Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasi JCH saralashi so'nggi bosqichlarini qanday boshlagan?

1 sentyabr kuni O'zbekiston terma jamoasi Suriyaga qarshi o'yin bilan JCH-2018 saralashi 3-bosqichini boshlaydi.

Terma jamoamiz bundan oldingi 5ta mundial saralashining so'nggi bosqichiga qadar etib kelgan. 1998 yilgi Jahon chempionati saralashi oxirgi bosqichini O'zbekiston safarda Yaponiyaga qarshi bahs bilan boshlagan. O'shanda Rustam Mirsodiqov boshchiligidagi terma jamoamiz 3:6 hisobida yutqazib qo'ygandi. Yakunda termamiz 8ta o'yindan 6 ochko to'plab besh jamoa orasida to'rtinchi o'rinni band etgandi.

2002 yilgi JCH saralashi so'nggi bosqichi 1-turini BAAga qarshi safarda o'tkazgan Vladimir Salkov boshchiligidagi O'zbekiston 1:4 hisobida mag'lubiyatga uchragandi. 8ta turda O'zbekiston 10 ochko bilan besh jamoa ichida uchinchi bo'lgandi.

JCH-2006 saralashi oxirgi bosqichi Saudiya Arabistoniga qarshi o'yin bilan boshlangandi. Germaniyalik Xaync Yurgen Gyode boshchiligidagi terma jamoamiz o'z uyida 1:1 hisobida durang o'ynagandi. Yakunda 5 ochko bilan to'rt jamoa orasida uchinchi o'rinni band etgan O'zbekiston pley-off bosqichiga yo'l olgandi.

2010 yilgi mundial saralashining 3-bosqichining ilk uchrshauvi Toshkentda Avstraliyaga qarshi o'tkazilgan. O'shanda "yashil qita" vakillari 1:0 hisobida zafar quchishgan. 8ta turdan so'ng 4 ochko olgan O'zbekiston besh jamoa orasida so'nggi pog'onani band etgandi.

Nihoyat 2014 yilgi Jahon chempionati saralashining oxirgi bosqichini o'z uyida Eronga qarshi o'yin bilan boshlagandi. Vadim Abramov boshchiligidagi jamoamiz 0:1 hisobida yutqazib qo'ygandi. Yakunda ikkinchi bo'lgan Janubiy Koreya bilan bir xil 14 ochko to'plagan O'zbekiston to'plar nisbatiga ko'ra uchinchi o'rinni olgan va pley-off bosqichiga yo'l olgandi.

2018 yilgi mundial saralashining oxirgi bosqichini Suriyaga qarshi Toshkentdagi bahs bilan boshlaymiz. Bu safar Samvel Babayan boshchiligidagi jamoa qanday natija qayd etishini ikki kundan so'ng bilib olamiz.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +41   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика