So’nggi yangiliklar

20:50ОЧЛ 2. "Кувайт СК" – "Насаф" (матнли трансляция)  8 20:36Иҳор Корсун: "Голларимни мамлакатимизни ҳимоя қилаётган қуролли кучларимизга бағишлайман"  0 20:19Россия кубоги. ЦСКА – "Краснодар". Файзуллаев бошланғич таркибда  0 20:13Михайло Зварич: "Узоққа қарамаймиз, ҳар дақиқа, ҳар ўйин ҳақида бош қотирамиз"  0 20:00Футзал бўйича ЖЧ-2024. Аргентина – Афғонистон, Испания – Янги Зеландия (онлайн ҳисоб)  2 19:58Про лига. "Бухоро" "Арал"га мағлуб бўлди, "Машъал" "Хоразм"ни ютди  2 19:16"Футбол олами". "Насаф" чемпионлик сари катта қадам ташлади. 18-тур ҳақида  0 19:09Футзал бўйича ЖЧ. ​Қозоғистон Ливия дарвозасига 4 та тўп киритди, 9 та гол урилган ўйинда Украина Анголани енгди  7 18:50Ўзимизнинг карикатура: "Пахтакор" учун янги қўрқинчли турнир  11 18:29Парагвай бош мураббийи: "Катта тажрибага эга мураббий қўл остидаги кучли Ўзбекистонга муносиб қаршилик кўрсатдик"  1 18:06"Бавария" ярим ҳимоячиси АПЛга ўтиши мумкин  0 17:38ОЧЛ 2 олдидан. "Насаф" халқаро ўйинларга тайёрми?  14 17:26"Кувайт СК" – "Насаф" учрашувини ким бошқариб боради?  0 16:41Футзал бўйича ЖЧ. Ўзбекистон Парагвайга имкониятни бой берган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 16:12Жесси Лингард машмаша марказида  1

O'zbekiston terma jamoasi 2 iyun kuni Toshkentda Ekvatorial Gvineya bilan o'ynaydi Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasi 2 iyun kuni Toshkentda Ekvatorial Gvineya bilan o'ynaydi

O'zbekiston milliy terma jamoasi 2 iyun kuni Toshkentda Ekvatorial Gvineya milliy terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.

Ikkala federaciya rasmiylari o'rtasida o'tkazilgan muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlandi va terma jamoalar 2 iyun kuni Toshkentda o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishdilar. Unga ko'ra, mazkur o'rtoqlik o'yini 2 iyun kuni Toshkentdagi Bunyodkor stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuvning boshlanish vaqti 19:00ga belgilangan.

Malumot uchun, ayni damda FIFA reytingida 83-o'rinda borayotgan Ekvatorial Gvineya terma jamoasi 2015 yilda o'zi mezbonlik qilgan Afrika Millatlar Kubogi musobaqasida yarim finalga qadar etib borgan.  Ekvatorial Gvineya terma jamoasini hozirda argentinalik Esteban Bekker boshqarib bormoqda.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi mazkur o'yindan so'ng, 4 iyun kuni rasmiy o'yinlardan oldingi ilk yig'inini o'tkazish uchun Avstriyaga jo'nab ketadi va u erda 7 iyun kuni Kanada milliy terma jamoasiga qarshi navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.

JCH-2018 3-saralash bosqichidagi ilk uchrashuvini esa, O'zbekiston terma jamoasi 1 sentyabr kuni “A” guruhi 1-turi doirasida Toshkentda Suriya terma jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика