So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  4 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  6 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

O'zbekiston - Suriya. O'yin ikki soat oldinga ko'chirildi Yangiliklar

O'zbekiston - Suriya. O'yin ikki soat oldinga ko'chirildi

Joriy yilning 11 iyun kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Suriya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazishi haqida avval xabar berib o'tgandik.

Mazkur o'yinni qirg'izistonlik Risbek SHekirbekov boshqarib boradi. Unga qanotlarda Bahodir Qo'chqorov va IsmoilxonTolipjonov yordam berishadi.

Uchrashuv boshlanish vaqti avvaliga 11 iyun kuni soat 20:30ga belgilangandi. Ammo keyinchalik Suriya terma jamoasining iltimosiga ko'ra soat 18:30ga ko'chirildi. Sababi Suriya terma jamoasi ortga qaytish chiptalarini almashtirdi. Ular o'sha kunning o'zida yarim tundagi reys bilan vatanlariga qaytadigan bo'lishdi. SHu sababli samolyotga kech qolmaslik uchun o'yinni ertaroq o'tkazishni so'rab murojaat qilishdi. Ularning bu murojaati O'FA tomonidan ijobiy hal qilindi.

Yaxshi bilasiz, shu kuni O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Namanganda Misr olimpiya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. "Sport TV" 11 iyun kuni bo'lib o'tadigan har ikkala o'yinni jonli translyaciya qilishni rejalashtirgani uchun O'zbekiston OTJ - Misr OTJ o'yinining boshlanish vaqti soat 20:30ga ko'chirildi. SHu tariqa muxlislar har ikkala o'yinni jonli efirda tomosha qilish imkoniyatiga ega bo'lishadi.

O'rtoqlik o'yini
11 iyun, "Milliy" stadioni. Soat 18:30
O'zbekiston - Suriya
Bosh hakam:
Risbek SHekirbekov (Qirg'iziston)
Referi assistenti: Bahodir Qo'chqorov (Qirg'iziston)
Referi assistenti: IsmoilxonTolipjonov (Qirg'iziston)

Reyting: +45   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика