So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  0 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  3 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  18 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  2 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  75 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

Eldor SHomurodovning ikkita goli Suriyani mag'lub etdi Yangiliklar

Eldor SHomurodovning ikkita goli Suriyani mag'lub etdi

O'zbekiston va Suriya o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda tezkor gol urildi. 3-daqiqada Odil Ahmedov raqib himoyachisidan to'pni olib qo'yib jarima maydoniga yorib kirayotgan SHomurodovni ko'rdi, Eldor to'pni darvozabonning oyoqlari orasidan darvozaga yo'lladi - 1:0.

42-daqiqada Jaloliddin Masharipovning ajoyib to'p uzatishidan keyin Eldor SHomurodov dublga erishdi - 2:0.

SHu tariqa Ektor Kuper boshchiigidagi O'zbekiston terma jamoasi Suriyani 2:0 hisobida mag'lub etdi.



O'rtoqlik o'yini
11 iyun, "Milliy" stadioni.
O'ZBEKISTON - SURIYA 2:0
Hakamlar:
Risbek SHekerbekov, Bahodir Qo'chqorov, Ismoilxon Tolipjonov (uchalasi Qirg'iziston), SHerzod Qosimov (O'zbekiston)

Gollar: Eldor SHomurodov 3, - 1:0. Eldor SHomurodov 42, - 2:0.

O'zbekiston: 25.Eldor Suyunov, 4.Farruh Sayfiev (13.Oleg Zoteev, 74), 5.Anzur Ismoilov, 6.Davron Hoshimov, 7.Odiljon Hamrobekov (18.Fozil Musaev, 60), 9.Odil Ahmedov (23.Xurshid G'iyosov, 75), 10.Jaloliddin Masharipov, 14.Eldor SHomurodov (17.Igor Sergeev, 79), 19.Oston O'runov (8.Ikrom Aliboev, 60), 20.Islom To'xtaxo'jaev, 21.Quvondiq Ro'ziev (22.Doston Ibragimov, 67)
Zaxira: 1.Javohir Ilyosov, 2.Xojiakbar Alijonov, 3.Doston Tursunov, 11.Timurxo'ja Abduxoliqov, 15.Egor Krimec, 24.Akrom Komilov.

Suriya: 1.Ibrohim Alma, 3.Muayad Al Ajan, 5.Omro Midani (4.SHib Al Ali, 46), 6.Amro Jenyat, 8.Mahmud Al Mavas (11.Abdul Malik Al Anizan, 77), 12.Muhammad Al Vakid, 13.Ahmad Al Ahmad (10.Firas Al Xatib, 65), 14.Tami Xoj Muhammad, 19.Ahmad Ashkar, 20.Xolid Al Mbayed, 21.Muhammad Al Marmur (16.Hamid Mido, 84).
Zaxira: 23.Ahmad Madanieh, 22.Xolid Al Xojiotman, 15.Ala Al SHbli, 17.Ahmad Dib.

Ogohlantirishlar: Mahmud Al Mavas 48, Abdul Malik Al Anizan 90+4


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


90+4. O'yin tugadi, O'zbekiston terma jamoasi Suriyani 2:0 hisobida mag'lub etdi

90. Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shildi

90. ZARBA! Masharipov burchak to'pini amalga oshirdi, Sergeev to'p uchun kurashdi, ammo zarba o'xshamadi

87. GOL! Suriyaliklar gol urishdi, ammo Abdul Malik Al Anizan bu vaziyatda Suyunovga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun gol inobatga olinmadi

84. O'zgarish. Suriya. Muhammad Al Marmur o'rniga Hamid Mido

82. Zarba! Xurshid G'iyosovning zarbasi yo'liga himoyachilar to'g'anoq bo'lishdi

79. O'zgarish. O'zbekiston. Eldor SHomurodov o'rniga Igor Sergeev

77. O'zgarish. Suriya. Mahmud Al Mavas o'rniga Abdul Malik Al Anizan

76. O'zgarish. O'zbekiston. Odil Ahmedov o'rniga Xurshid G'iyosov

74. O'zgarish. O'zbekiston. Farruh Sayfiev o'rniga Oleg Zoteev

69. ZARBA! Masharipov ikki himoyachini chalg'itib zarba berdi, qaytgan to'pni Ahmedov noaniq tarzda yo'lladi

67. O'zgarish. O'zbekiston. Quvondiq Ro'ziev o'rniga Doston Ibragimov tushdi

65. O'zgarish. Suriya. Ahmad Al Ahmad o'rniga Firas Al Xatib

62. Odil Ahmedov to'pni jarima maydoniga uzatdi, Sayfiev markaziy hujumchi o'rnida paydo bo'ldi, ammo zarba bermadi

60. O'zgarishlar. O'zbekiston. Oston O'runov o'rniga Ikrom Aliboev, Odil Hamrobekov o'rniga Fozil Musaev tushdi

58. Suriyaning hujumi, Islom To'xtaxo'jaev darvoza yonidan to'pni qaytarib yubordi



55. Oston O'runov ikkinchi taymni ancha faol boshladi,.

48. Ogohlantirish. Suriya. Mahmud Al Mavas

46. Ikkinchi taym boshlandi.

46. O'zgarish. Suriya. Omro Midani o'rniga SHib Al Ali tushdi


45. Birinchi taym tugadi.

42. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ELDOR SHOMURODOOOOOOOOOOOOOV! 2:0. Masharipovning ajoyib pasidan so'ng SHomurodov dublga erishdi.

37. ZARBA! Marmurning akrobatik zarbasi noaniq ketdi

35. UXXXXXXXX! Suriyalik futbolchi hozir Eldor Suyunov bilan to'qnashib ketdi! SHifokorlar ularga yordam ko'rsatishdi, hammasi joyida.

29. Mehmonlarda jarima to'pi. Muhammad Al Marmurning amalga oshirgan to'pi to'g'ri Suyunovning qo'liga borib tushdi

27. Xavfli vaziyat! Odil Ahmedov va Eldor SHomurodov bir biri bilan devor uslubida o'ynadi, ammo so'nggi pas noaniq chiqdi

22. Eldor SHomurodov o'yindan tashqari holatda qolib ketdi, aks holda hujumchimiz birga bir vaziyatga chiqib ketardi

13. CHap qanotdan raqib jarima maydoniga uzatilgan to'pni mehmonlar sardori Tami Xoj Muhammad qaytarib yubordi

10. UXXXXXXXXXXXX! AJOYIB ZARBA VA AJOYIB SEYV! Suriyaliklar burchak to'pini amalga oshirishdi, Omro Midani akrobatik tarzda darvozaga zarba berdi, Suyunov ajoyib reakciya namoyish etdi. 



5. ZARBA! Mahmud Al Mavasning kuchli zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi

5. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAA! Yana Ahmedov ikki raqibni ortda qoldirib ajoyib pas berdi, SHomurodovning bu safargi kuchli zarbasini suriyalik posbon qaytardi!

3. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ELDOR SHOMURODOOOOOOOOOV! 1:0. Odil Ahmedov raqib himoyachisidan to'pni olib qo'yib jarima maydoniga yorib kirayotgan SHomurodovni ko'rdi, Eldor to'pni darvozabonning oyoqlari orasidan darvozaga yo'lladi. 





1. O'YIN BOSHLANDI!

- Navbat, O'zbekiston davlat madhiyasiga! Barcha birgalikda...

- Suriya davlat madhiyasi yangramoqda

- Jamoalar maydonga tushib kelishdi.

- Uchrashuv soat 18:30da boshlanadi. 


YANGILASH

Reyting: +96   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика