So’nggi yangiliklar

20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  0 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  0 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  4 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  0 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  3 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  4 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  5 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  9 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  15 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  1

O'zbekiston Superkubogiga Jizzax mezbonlik qiladigan bo'ldi Yangiliklar

O'zbekiston Superkubogiga Jizzax mezbonlik qiladigan bo'ldi

O'zbekistonning amaldagi chempioni hamda kubogi sohibi o'rtasida o'tishi lozim bo'lgan Superkubok uchrashuviga 24 avgust kuni Jizzax mezbonlik qiladi.

"Paxtakor" va "Nasaf" maydonga chiqadigan bellashuv uchun Jizzax neytrallik maqomiga to'la javob beradi. Qolaversa, "So'g'diyona" stadioni Liganing futbol maydonlariga qo'ygan talabini bajarib ulgurdi. Bizda yaxshi saviyadagi o'yin tashkil etish imkoniyati mavjud. 

Malumot uchun, mavsum avvalida o'tishi lozim bo'lgan Superkubok o'yini OFK CHempionlar Ligasi taqvimiga o'zgartirish kiritgani va bu "Nasaf" rejalarini o'zgartirganidan kelib chiqib, keyinroqqa qoldirilgandi. O'rtada O'zbekiston U-20 Osiyo Kubogiga mezbonlik qildi. Keyinroq bu yoshlarimizning mundialdagi ishtirokiga ulanib ketdi. 

Iyun oyida esa O'zbekiston milliy terma jamoasi CAFA musobaqasida ishtirok etadi. Bu FIFA kunlaridan tashqari sanalarni ham o'z ichiga oldi. Referendum arafasida esa Superliganing 1 ta turi keyinroq muddatga qoldirildi. Mazkur sabablarni inobatga olib, Liga Superkubok uchrashuvini jazirama iyulda emas, avgustda o'tkazishni maqsadga muvofiq deb topdi va bu borada har ikki klub bilan kelishib oldi. Sentyabrdan boshlab esa "Paxtakor" va "Nasaf" CHempionlar Ligasida ishtirok etadi.

Avvalroq O'zbekiston Superkubogi 24 avgustda o'tkazilishini malum qilgan edik.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика