So’nggi yangiliklar

07:34Элдор Шомуродов хайрлашув хатини ёзди  0 01:34"Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга яқин  1 01:08Расман: Элдор Шомуродов - "Истанбул Башакшеҳир" футболчиси!  10 00:59Тео Эрнандес: "Милан" мен учун энг асосийси эди, сўнгги пайтдаги чиқарилган қарорлар мени шу ерга етаклади"  5 00:25"Атлетик" футболчиси Альварес футболдан четлатилди  1 23:53Скотт Мактомини: "Неаполдаги ҳаёт умуман бошқача"  3 23:25Қирғиз Республикаси термаси собиқ бош мураббийи "Алга"ни бошқаради  0 22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0 22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  6 21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0 21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  1 20:53Диёр Имомхўжаев "Soccer club" ва "Футбол шарҳи" кўрсатувларининг ёпилиш тарихи ҳақида гапириб берди  14 20:24Расман: Эдин Жеко А Серияга қайтди  0 20:00Фердинанд: "Энрике Дембелени суперюлдузга айлантирди, у Мбаппедан ҳам муҳимроқ футболчи бўлиб олди"  9 19:38"Динамо" футболчиси бошқа жамоага йўл олди  0

Superkubok oldidan. "Nasaf"da ham "Paxtakor"dagi kabi hujumkor o'yinchilar ketgan, muzeyimizni yangi sovrin bilan boyitmoqchimiz. Matbuot anjumani Yangiliklar

Superkubok oldidan. "Nasaf"da ham "Paxtakor"dagi kabi hujumkor o'yinchilar ketgan, muzeyimizni yangi sovrin bilan boyitmoqchimiz. Matbuot anjumani

Ertaga, 6 mart kuni O'zbekiston Superkubogi uchun bellashuv bo'lib o'tadi.

Unda "Paxtakor" va "Nasaf" jamoalari o'zaro kurash olib borishadi. Bugun ana shu o'yin oldidan rasmiy tadbirlar bo'lib o'tmoqda. Har ikki jamoa o'yinoldi rasmiy mashg'ulotni o'tkazib bo'ldi.

FOTO  Jonli yo'lakda tepilgan Muhitdinov va Ismoilov, Abrorni quvlab ketgan Krimec. "Paxtakor"ning rasmiy mashg'ulotidan GALEREYA

Endi esa o'yindan oldingi matbuot anjumani o'tkaziladi. Uning birinchi qismida "Paxtakor" ustozi Piter Xyuistra, himoyachi Egor Krimec va yarim himoyachi Sardor Rashidovlar ishtirok etishdi.






 

Xyuistra: - O'yinchilar har xil bo'ladi. Vazifam ular orasida bog'lamni tezroq shakllantirish va yaxshi o'yin ko'rsatishga urinish. Bu o'ziga xos boshqotirma, undan chiqib ketishga intilamiz.



- "Nasaf"ni hujumkor o'yinchilar kichik jussali, tezkor va mobilniy o'yinchilar. Siz kabi yirik gavdali himoyachi uchun bu narsa qay darajada noqulay? (Krimecga)

E.Krimec: - "Nasaf"ni barcha o'yinchilarini yaxshi bilamiz. Murabbiyimiz aytib o'tganlaridek ayrim etakchilari jamoani tark etishgan. Qolaversa, biz birinchi yil futbol o'ynayotganimiz yo'q. Tajribali himoyachi baland bo'yli hujumchilarga qarshi qanday va kichik gavdali o'yinchilarga qarshi qanday o'ynashni yaxshi bilishadi.



- Bir paytlar OCHL doirasida "Nasaf"ga qarshi o'yinda gol urib uni katta quvonch bilan nishonlagandingiz. O'shanda bu ishingiz muxlislarga yoqmagandi. Ertaga muxlislar sizni keskin qarshi olishlari mumkinligiga tayyormisiz? (Rashidovga)

S.Rashidov: - Jamoam uchun yordam berishga urinaman. Raqib muxlislari sizga gapirishi yoki tanqid qilishi mumkin, ammo men klubim uchun mehnat qilaman. Jamoam ishqibozlari mendan yaxshi harakatlar kutishadi.


- "Nasaf" haqida fikringiz?

P.Xyuistra: - Tayyorgarlik davomida raqibni o'rganib chiqdik. "Nasaf" ham "Paxtakor" kabi kuchli jamoa. Ularda ham bizdagi kabi etakchi hujumkor o'yinchilar tark etishdi. Ular ko'p jihatdan bizga o'xshashadi. Ikki munosib raqiblar. "Nasaf" bejizga o'tgan yil chempionatda ikkinchi o'rinni qo'lga kiritmadi. Tarkib o'zagini saqlab qolishdi. O'yin uslubi o'zgarmagan. Ular jiddiy qarshilik ko'rsatib, jips futbol namoyish etishadi.



- Odil Hamrobekovning "SHabab Al Ahli"ga o'tishi bugungi o'yinga qay darajada tasir qiladi? Bu o'tish jamoa rejalarini buzib yubormadimi?

Xyuistra: - Hamrobekov 5 oylik ijara bilan "SHabab Al Ahli"ga ketdi. Tarkibimizda Odilning o'rnini bosa oladigan o'yinchilar bor. Ularga ishonamiz.O'yinchilar ketishi va kelishi odatiy hol. Bunga tayyor turish kerak. Hamrobekov yaxshi saviyadagi futbolchi, lekin tarkibimizda yaxshi saviyali futbolchilar etarli. Superkubok mavsumga qay darajada hozirligimizni ko'rsatadi.


S.Rashidov: "Paxtakor" o'tgan yili CHempionlar Ligasida ajoyib o'yin ko'rsatdi. Endi jamoa uchun bor kuchim bilan o'ynab, muvaffaqiyatlarga erishishga umid qilaman. Mavsumda bizni ichki va xalqaro musobaqalar kutmoqda.


E.Krimec: "Mavsumni yangi kayfiyatda boshlashga harakat qilamiz. Muxlislar bizdan sovrin kutishmoqda. Buni amalga oshirishni istaymiz."


S.Rashidov: "Ertaga faqat yutish uchun Samarqandga keldik. O'zim ilk bor Superkubokda maydonga tushishim (malumot uchun Rashidov 2014 yil Superkubokda "Bunyodkor" tarkibida zaxiradan maydonga tushgan). Nasib qilsa, ertaga bu sovrinni qo'lga kiritishga harakat qilamiz".


P.Xyuistra: "Ertaga Superkubok uchun o'yin. "Paxtakor" mazkur musobaqada hali yutmagan, demak muzeyimizni yangi sovrin bilan boyitishni maqsad qilganmiz."

- Piter Xyuistra, Egor Krimec va Sardor Rashidov matbuot anjumani bo'lib o'tadigan zalga etib kelishdi. Boshlaymiz.


- "SHerlar" vakillari ishtirokidagi matbuot anjumani 17:15da start oladi.


Superkubok sovrini.



Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика