Jonli yo'lakda tepilgan Muhitdinov va Ismoilov, Abrorni quvlab ketgan Krimec. "Paxtakor"ning rasmiy mashg'ulotidan GALEREYA

Tolibjon Qosimov
5 mar 2021, 16:32
Ertaga, 6 mart kuni O'zbekiston Superkubogi uchun bahs bo'lib o'tadi.

Unda mamlakatning amaldagi chempioni va kubok sohibi "Paxtakor" o'tgan yil kumush medallarga ega chiqqan "Nasaf" bilan bellashadi. "Championat.asia" ijodiy guruhi muhim to'qnashuvni bevosita o'quvchilar uchun yoritib borish maqsadida Samarqand shahriga yetib kelgan.

Bugun Superkubokdan oldingi rasmiy tadbirlar bo'lib o'tmoqda. Uchrashuvda rasman mezbon maqomida bo'ladigan "Paxtakor" 15:00da o'yin o'tkaziladigan "Dinamo" stadionida rasmiy mashg'ulot o'tkazdi. Piter Xyuistra boshchiligida o'tgan mashg'ulotda jami 20 nafar futbolchi ishtirok etdi. Shulardan 17 nafari o'yinchi, 3 nafari darvozabon. Barcha to'liq shug'ullandi, hech qanday kichik jarohatlar yo'q.

Mashg'ulot avvalida futbolchilar Laslo Yambor nazoratida mushaklarni qizdirib olishdi, keyin esa uch nafar kiper (Eldorbek Suyunov, Sanjar Quvvatov hamda Aziz Isaqov) bilan Anvar Rashidov shug'ullandi. Qolgan 17 o'yinchi esa Piter Xyuistra, Mirko Yyelichich va Gocha Tkebuchava boshchiligida shug'ullanishdi.

Doimo xushchaqchaq Gocha Tkebuchava.


Hujum chizig'ida yolg'iz o'zi qolgan Eren Derdiyok.


"Navbahor"dan "Paxtakor"ga o'tgan Aziz Turg'unboev.


Mashg'ulotni boshlashdan oldin Sharof Muhitdinov hamda Abror Ismoilovlar jonli yo'lakdan o'tishdi va tepki eyishdi)

Keyin esa Krimec Abrorni quvlab ketdi)



O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia