So’nggi yangiliklar

03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  4 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  3 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  51 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

O'zbekiston Superkubogi. Bugun Samarqandda "Ajdarlar" va "SHerlar" to'qnash keladi Yangiliklar

O'zbekiston Superkubogi. Bugun Samarqandda "Ajdarlar" va "SHerlar" to'qnash keladi

Bugun 2021 yilgi O'zbekiston Superkubogi sohibi aniqlanadi.

Samarqanddagi "Dinamo" stadionida "Paxtakor" va "Nasaf" klublari sovrin uchun kuch sinashishadi. Mazkur bahs soat 16:00da boshlanadi va "Dunyo Bo'ylab" telekanali orqali jonli namoyish etiladi.

Kecha ikkala jamoa azolari o'yin oldi rasmiy mashg'ulotni o'tkazishdi va uchrashuvdan oldingi matbuot anjumanida ishtirok etishdi. 



Foto. Jonli yo'lakda tepilgan Muhitdinov va Ismoilov, Abrorni quvlab ketgan Krimec. "Paxtakor"ning rasmiy mashg'ulotidan GALEREYA         

Foto. "Nasaf"ning Ro'ziqul Berdiev tashrif buyurgan rasmiy mashg'ulotidan GALEREYA        


Joriy yilgi O'zbekiston Superkubogi tarixdagi oltinchisi hisoblanadi. Bunga qadar o'tkazilgan beshta uchrashuvda "Navbahor", "Bunyodkor" ,"Lokomotiv" ikki bor va "Nasaf" bir marotaba bosh sovringa ega chiqqan. "Paxtakor" ushbu beshta o'yinning uchtasida ishtirok etgan va barchasida mag'lubiyatga uchragan. 1999 yil "Navbahor", 2015 yil "Lokomotiv" va 2016 yil "Nasaf"ga imkoniyat boy berilgan. Ertangi bahs "sherlar" uchun Superkubokdagi to'rtinchi bellashuv hisoblanadi. "Nasaf" uchun esa ikkinchisidir. Bu jamoalar umumiy hisobda Superkubokda ikkinchi bor to'qnash kelmoqda. 2016 yil Toshkentda o'tkazilgan bahsda Artur Gevorkyanning yagona goli qarshiliklarga 1:0 hisobidagi g'alabani taqdim qilgan edi. "Paxtakor" Superkubokda jami 9ta gol o'tkazib yuborgan va 2ta gol urgan.  "Paxtakor" g'alaba qozongan taqdirda O'zbekistonda barcha musobaqalarda zafar quchgan birinchi jamoaga aylanadi.



"Nasaf" 2016 yilgi Superkubok uchun bahsda g'olib bo'lgan va ushbu sovringa ega chiqqan.

"Paxtakor" esa Superkubok uchun uch marta maydonga tushgan va har safar mag'lubiyat alamini totib ko'rgan. 1999 yil "Navbahor", 2015 yil "Lokomotiv" va 2016 yil "Nasaf"ga imkoniyat boy berilgan.


Superkubok oldidan. "Nasaf"da ham "Paxtakor"dagi kabi hujumkor o'yinchilar ketgan, muzeyimizni yangi sovrin bilan boyitmoqchimiz. Matbuot anjumani 

"Superkubokni Qashqadaryoga olib ketishni va 2016 yilgi g'alabani takrorlashni maqsad qilganmiz". "Nasaf" murabbiyi va futbolchilari ishtirokidagi matbuot anjumani        



 O'zbekiston Superkubogi Samarqand shahridagi "Dinamo" markaziy stadionida o'tkaziladi. Uchrashuv ertaga soat 16:00da start oladi. Bahsni Vadim Agishev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Ruslan Serazitdinov va Timur Gaynulin yordam berishadi. Zaxira hakami vazifasini esa Rahimbek Karimov bajaradi. Uchrashuv nazoratchisi Bobur Haydarov bo'lsa, Jahongir Rahmatullaev komissar etib tayinlangan. Agishev hozirgacha Superkubok o'yinlarida hakamlik qilmagan. Demak, birgalikda ko'ramiz va kuzatamiz 



O'zbekiston Superkubogi - 2021. Oldingi 5ta o'yinda kimlar maydonga tushgan?        

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика