So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  0 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  3 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori ijrosi: har bir mahallada futbol maydonlari quriladi Yangiliklar

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori ijrosi: har bir mahallada futbol maydonlari quriladi

Teglar :  Mahallafutbol
Bugun Respublika “Mahalla” kengashida “Davlat-xususiy sheriklik asosida futbol maydonlarini qurilishini nazarda tutuvchi “har bir mahallada futbol maydoni” dasturini amalga oshirish mexanizmi mavzusida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Ushbu yig'ilishdan asosiy maqsad, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning 2018 yil 16 martdagi PQ-3610-sonli “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorining ijrosini taminlashdan iborat.

Yig'ilishda O'zbekiston futbol associaciyasi va Professional futbol ligasi rahbariyati hamda Toshkent shahridagi 56ta mahalla fuqarolari yig'ini raislari ishtirok etishdi.

Yig'ilish davomida Prezident qarori ijrosini taminlash bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida so'z yuritildi. Mahalla fuqarolar yig'ini raislari yoshlar orasida futbolni ommalashtirish va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishda “har bir mahallada futbol maydoni” dasturining ahamiyati yuqori ekanini takidlab o'tishdi. SHuningdek, ushbu loyiha bo'yicha mahallalarda futbol maydonlari qurilishini boshlash uchun zarur vositalar bo'yicha fikr almashildi.

Faqatgina futbol maydoni bilan cheklanib qolmay, boshqa sport turlari – basketbol, volleybol kabi sport turlari uchun ham maydonchalar, trenejerlar, ona-bola maydonchalari barpo etish kerakligi, shuningdek, maydonlarda muxlislar uchun o'rindiqlar, kiyim almashtirish xonalari va yuvinish xonalari mavjud bo'lishiga alohida ahamiyat qaratish kerakligi takidlab o'tildi.

 Ushbu dastur ijrosi bo'yicha keyingi yig'ilish 11 may kuni Qoraqalpog'iston Respublikasida bo'lib o'tadi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика